Fozil Fayzrahmonovich Amirov (1914.26.1 – Toshkent – 1979.7.7) – topanatom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1971); tibbiyot fanlari doktori (1960), professor (1961), ToshMI topografik anatomiya va operativ xirurgiya kafedrasi mudiri (1966 yildan). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941–46). Amirov bronxlar va o‘pkani operatsiya qilish usullari, xu-susan shu a’zolarda plastik operatsiya o‘tkazish masalalariga oid ilmiy asarlar muallifi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Fozil Amirov" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil