Francisco Garrigós
Francisco Garrigós Rosa (talaffuzi: Fransisko Garrigos Rosa, 9-dekabr 1994-yil) – ispan dzyudochisi, 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori, 2023-yilgi jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni, jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori.
Francisco Garrigós | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Ispaniya |
Tavallud sanasi |
16-dekabr 1994-yil Móstoles, Madrid, Ispaniya |
Boʻyi | 163 sm |
Vazni | -60 kg |
Sport | |
Mamlakat | Ispaniya |
Professional faoliyat | |
Havaskor faoliyat |
Hayoti
tahrirFrancisco Garrigós 1994-yilda Mostoles shahrida tugʻilgan. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan, biroq birinchi jangda magʻlub boʻlgan va oʻz vazn toifasida atigi 17-oʻrinni egallagan. 2017-yilda Yevropa chempionatining bronza medali sohibiga aylangan. 2019-yilda Yevropa oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2020-yil noyabr oyida Chexiya poytaxtida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Francisco turnirning bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Yarim finalda Francisco boʻlajak Yevropa vitse-chempioni rossiyalik Yago Abuladzega yutqazib qoʻyadi.
2021-yil aprel oyida Portugaliya poytaxti Lissabonda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ispaniyalik sportchi finalda fransiyalik Luka Mxeidzeni qoʻshimcha vaqtlarda magʻlub etib, faoliyatida ilk bor qitʼa chempioni boʻlgan. 2021-yil iyun oyida Vengriya poytaxti Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ispaniyalik sportchi 60 kg vazn toifasida 3-oʻrin uchun kurashda fransiyalik sportchi Walide Khyarni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].
2023-yilning may oyida Qatar poytaxtida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ispaniyalik dzyudochi 60 kilogramm vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi Dilshodbek Baratovni finalda magʻlub etib, chempion boʻlgan[2].
2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Francisco uchinchi oʻrin uchun kurashda gruziyalik sportchi Georgiy Sardalashvilini magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Елена Чистова. „Яго Абуладзе принёс России первое золото чемпионата мира по дзюдо за 10 лет“ (ru). www.championat.com. 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „Громкая сенсация случилась на ЧМ по дзюдо с участием Казахстана“ (ru). Vesti.kz. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.