Frank Braley
Frank Braley – fransuz klassik pianinochisi[1].
Frank Braley | |
---|---|
Andoza:Frank Braley | |
Tavalludi |
1968-yil 4-fevral |
Fuqaroligi | Fransiya |
Mukofotlari | Qirolicha Elizabet mukofoti |
Biografiyasi
tahrirBraley 1968-yil 4-fevralda Corbeil-Essonnes shahrida tugʻilgan. Toʻrt yoshida onasi bilan pianino chalishni oʻrganishni boshlaydi. Oʻn yoshida Radio France orkestr filarmoniyasi bilan birgalikda birinchi kontsertini beradi. Shundan soʻng Braley oʻqishni davom ettirib, oʻn yetti yoshida bakalavr darajasini oladi. Keyinchalik musiqani davom ettirishdan avval, universitetda ilmiy izlanishlar olib bordi. Oʻn sakkiz yoshida Parij konservatoriyasiga oʻqishga kiradi va Paskal Devoyon, Kristian Ivaldi, Jak Ruvilar bilan ish olib boradi. Bu yerda pianino va kamera musiqasi boʻyicha birinchi mukofotni qoʻlga kiritadi. 1991-yilda Qirolicha Elizabet tanlovining birinchi va ommaviy mukofotini qoʻlga kiritadi. Shu ondan boshlab uning karerasi boshlandi[2]. Braley Charlz Dutua, Marek Yanovski, Armin Jordan va Kurt Masur kabi dirijyorlar boshchiligida butun dunyo boʻylab sayohat qilib, konsertlar berishadi. Shuningdek, kamera musiqachisi sifatida yoki Erik Le Sage, Mischa Maysky, Emmanuel Pahud va Mariya João Pires kabi sanʼatkorlar bilan resitallarda qatnashdi. Har yili Braley yirik festivallar, jumladan , La Roque-d’Antheron, Perigord Noir, Un violon sur le sable festivallarining mehmoni boʻldilar. Braley adabiyot va jazzni yaxshi koʻrgan. 2007-yil aprel oyida Braley Jan-Klod Casadesus rahbarligida Parijdagi La Rochelleda shahridagi Champs-Elysées Auditoriumda Français des Jeunes orchester bilan Ravelning pianino kontsertini ijro etdi. Braley koʻpincha Renaud va Gautier Capucon bilan kamera musiqasini ijro etgan, hamda Betxovenning skripka va pianino uchun oʻnta sonatasining yozuvi 2010-yilda albom qilib chiqarilgan. 2011-yil sentabr oyidan boshlab Braley Parij konservatoriyasida professor lavozimida ishlagan. 2012-yil oxirida Royal de Chambre de Wallonie orkestri 2013 – 2014-yilgi mavsumda Avgustin Dumaydan keyin ushbu orkestrning musiqiy direktori lavozimini egallashini eʼlon qildi. Braley nafaqat pianino kontsertida dirijyorlik qilmoqchi, buning uchun yakkaxon qismini oʻz zimmasiga olgan. 2013-yil may – iyun oylarida Le Flagey va Bryusseldagi Tasviriy sanʼat markazidagi Qirolicha Yelizaveta tanlovining butun sessiyasida (saralash bosqichidan soʻnggi bosqichgacha) hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan. 2014-yil yanvar oyidan boshlab Braley Royal de Chambre de Wallonie orkesterining musiqiy direktori boʻlgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Frank Braley on Bibliothèque nationale de France, accessdate 18 May 2018.
- ↑ Jean-Pierre Thiollet, 88 notes pour piano solo, Neva Editions, 2015, p. 54. ISBN 978-2-3505-5192-0
- ↑ Aloïs Posch on AllMusic
Havolalar
tahrir- Frank Braley biography (AllMusic)
- Frank Braley (Le Piano Bleu)
- Frank Braley (France Musique)
- Frank Braley (Orchestre Royal de Chambre de Wallonie)
- Frank Braley (Orchestre philharmonique Royal de Liège)
- Récital Gautier Capuçon, violoncelle – Frank Braley, piano (Wayback Machine saytida 2018-05-18 sanasida arxivlangan) Louis Vuitton Foundation
- Frank Braley
- Frank Braley – Gershwin : Rhapsody in Blue (YouTube)