Fransisko Kassiani Gomes (ispancha: Francisco Cassiani Gómez1968-yil 22-aprelda Antiokiya departamentining Arbolites shahrida tugʻilgan) — kolumbiyalik professional futbolchi, 1980–2000-yillarda himoyachi sifatida turli klublarda to‘p surgan.

Fransisko Kassiani
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fransisko Kassiani Gomes
Tavallud sanasi 22-aprel 1968-yil (1968-04-22) (56 yosh)
Tavallud joyi Arboletes, Kolumbiya
Boʻyi 180
Ampluasi Himoyachi
Laqabi Pacho

Futbolchilik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Fransisko Kassiani AQSHdagi futbol akademiyasida yashash va ishlash uchun ketadi[1].

1992-yilda u “Atletiko Junior” klubiga ko‘chib o‘tadi, ushbu klub bilan futbolchi o‘zining professional faoliyati davomidagi eng yaxshi yillarini o‘tkazadi. “Atletiko Junior” klubi bilan birga Fransisko Kassiani ikki marta Kolumbiya chempioni bo‘ladi va bu jamoada bo‘lganida vaqti-vaqti bilan terma jamoaga chaqirib turiladi. Futbolchi uch marta, 1993, 1998 va 1999-yillarda Kassiani boshqa jamoalarda - América Cali, Argentina Rosario Central va Deportes Quindio[1] klublari tarkibida ijara shartnomasi asosida harakatlanadi.

1990-yillarda Fransisko Kassiani jurnalistlarning unga qilgan qo‘pol muomilasi tufayli ular bilan bir necha bor mushtlashadi. Bundan tashqari, Andres Eskobar o‘ldirilganidan so‘ng, ko‘plab Junior futbolchilari, shu jumladan Kassiani ham to‘pponcha bilan mashg‘ulotlarga qatnay boshlashadi[1].

Fransisko Kassiani 1995-yildan 1997-yilgacha Kolumbiya futbol terma jamoasi safida o‘ynagan va Kafeteros[2] klubi uchun umumiy beshta o‘yin o‘tkazadi. U 1995-yilgi Amerika Kubogida ishtirok etadi, ushbu musobaqada kolumbiyaliklar uchinchi o‘rinni egallagan, ammo turnir davomida Kassianining o‘zi hech bir daqiqa ham maydonda harakatlanmaydi[3].

Shaxsiy hayoti tahrir

Fransisko Kassiani - 1988-1992-yillarda “Atletiko Nasional” tarkibida to‘p suradi. Shuningdek uning akasi Geovanis Kassiani (1970-yilda tug‘ilgan) ham Kolumbiyaning yoshlar, olimpiya va asosiy terma jamoalari tarkibida ham o‘ynagan[4].

Fransisko Kassiani bolaligida basketbol bilan uzoq vaqt shug‘ullangan, ammo keyinchalik baribir futbolni basketboldan afzalroq deya tanlov qiladi. 1980-yillarning o‘rtalarida u “Atletiko Nasional” yoshlar jamoasiga kelib qo‘shiladi. Internetda tarqalgan ba‘zi yolg‘on ma‘lumotlardan farqli o‘laroq, aslida u ushbu jamoaning kattalar tarkibida o‘ynamagan. Fransisko “Cucuta Deportivo”da dastlabki professional debyutini o‘tkazadi. 1990-yilda u Envigado klubi safiga borib qo‘shiladi va ushbu bilan keyingi mavsumda Kolumbiya chempionatining ikkinchi divizionida g‘olib chiqadi[1].

Yutuqlari tahrir

Klubdagi sovrinlari
  • Kolumbiya chempioni (2): 1993, 1995
  • G‘oliblar kubogi B (1): 1991
  • Chili Chempioni (1): 2001
  • Konmebol kubogi finalchisi (1): 1998

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Rosember Anaya. „«Yo iba armado a los entrenamientos»: Francisco Cassiani Gómez“ (es). elheraldo.co (2018-yil 4-fevral). 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  2. „Francisco Cassiani“ (en). 11v11.com (2021). 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  3. Martín Tabeira. „Copa América 1995“ (en). Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2013-yil 20-iyun). 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  4. Camilo Zúñiga. „Cristian mantiene viva la dinastía de los Cassiani“ (es). El Colombiano (2014-yil 22-sentyabr). 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.