Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi

Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi – Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi[1]. Elchixona Toshkent shahrining markaziy qismida joylashgan.

Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi
Map
Akkreditatsiya qilingan mamlakat Fransiya
Mezbon mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Manzili Toshkent shahri, Istiqbol koʻchasi, 25-uy
Elchi Aurelia Bouchez
Sayt ambafrance-uz.org

Tarixi

tahrir

Fransiya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yilning 1-martida tan olgan. Elchixona Toshkent shahrining markazida joylashgan boʻlib, binosi 1909—1912-yillarda qurilgan. Binodan dastlab qizlarni oʻqitish maqsadida foydalanilgan. 1992-yilda Fransiya hukumati tomonidan bino ijaraga olingan boʻlsa, 2000-yilda toʻliq sotib olingan.

Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchilari

tahrir
Missiyasining boshlanishi Missiyasini yakunlanishi Elchi
1992 1995 Jean-Paul Véziant
1995 2000 Jean-Claude Richard
2000 2004 Jacques-André Costilhes
2004 2007 Jean-Bernard Harth
2007 2010 Hugues Pernet
2010 2013 François Gauthier
2013 2016 Jacques-Henry Heuls
2016 2019 Violaine Billette de Villemeur[2]
2019 2021 Isabelle Servoz-Gallucci
2021 amalda Aurélia Bouchez[3]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Fransiya O`zbekistonda Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasi“. Qaraldi: 17-dekabr 2024-yil.
  2. Décret du 26 août 2016, JORF Andoza:N° du 28 août 2016, texte Andoza:N°, NOR MAEA1613001D.
  3. Décret du 17 août 2021, JORF Andoza:N° du 18 août 2021, texte Andoza:N°, NOR EAEA2124238D.