Frappe qahvasi (fran: frappé-sovutilgan) — sutli koʻpik bilan qoplangan yunonda kelib chiqqan sovuq qahva ichimligi.

frappe qahva

Ichimlik koʻpincha fransuz frappe nomi (fran ― „muz boʻlaklarida sovutilgan“, frapper ― urush) va granit deb nomlangan Amerika ichimligining bir turi bilan bogʻliq[1].

Ichimlik tarixi

tahrir

1957 yilda  Salonika xalqaro savdo yarmarkasida Nestle vakili Yannis Rizos bolalar uchun yangi shokoladli ichimlikni taqdim etdi, sutni shokolad bilan shaykerda aralashtirish yetarli edi. Dritsasning qoʻl ostidagi xodimi Dimitrios Vakondios tanaffus paytida, eriydigan qahva tayyorlash yoʻlini qidirib, hech qayerdan issiq suv topolmay, uni sovuq suv bilan  shakar yordamida aralashtirishga qaror qildi. Qahva, shakar va suvni shu tarzda aralashtirib, tarixdagi birinchi frappe qahvasini tayyorladi[2].

Tayyorlash uslubi

tahrir

Frappe qahvasi sheyker va mikser yordamida shakar, oz miqdorda suv va bir yoki ikki portsiya qahvani, kopik hosil boʻlgunicha koʻpirtirib tayyorlanadi. Ichimlik sovuq suv, muz va sut qoʻshib shisha stakanda beriladi.

Turli xil variantlarda frappe turli likyorlar[3], shokolad va muzqaymoq bilan tayyorlanishi mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. The Milwaukee Journal (Wayback Machine saytida 2015-10-06 sanasida arxivlangan) (ingl.)
  2. 1957 International Trade Fair in Thessaloniki (Wayback Machine saytida 2006-05-02 sanasida arxivlangan)
  3. „www.fridays.gr/FoodMenu.aspx?C=75“ (deadlink). 2020-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-mart. (Wayback Machine saytida 2020-01-09 sanasida arxivlangan)