Fraungofer chiziqlari
Fraungofer chiziqlari - Quyosh spektridagi yutilish spektral chizikdari. Yorugʻlikning Quyosh yoki Yer atmosferasidagi yutilishi tufayli hosil boʻladi (telluriy chiziklar). Fraungofer chiziqlarini 1802-yilda birinchi marta ingliz fizigi U. Uollaston kuzatgan, 1814-yilda nemis fizigi Y. Fraungofer batafsil tekshirgan va bayon etgan, 1860-yilda G. Kirxgof nazariy tushuntirib bergan. Elektromagnit toʻlqinlar spektrining infrakizil, koʻrinuvchi va ultrabinafsha sohalarida 20 mingdan ortiq Fraungofer chiziqlari kuzatiladi. Ulardan eng qisqasining toʻlqin uzunligi A,= 155 nm. Fraungofer chiziqlarining koʻpchiligi maʼlum kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan. Fraungofer chiziqlarini oʻrganish Quyosh atmosferasining kimyoviy tarkibini, Quyoshdagi fizik sharoitlar va hokazoni aniqlash imkonini beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |