Frenel zonalari
Frenel zonalari - fazoning berilgan (R) nuqtasidagi toʻlqin amplitudasini aniqlashda hisoblashlarni soddalashtirish uchun yorugʻlik toʻlqin sirti boʻlinadigan halqasimon soha (zona)lari. Monoxromatik yorugʻlik toʻlqinining Q manbadan R kuzatish nuqtasiga tarqalishini koʻraylik (rayem). Gyuygens — Frenel prinsipiga koʻra, Q manbadan R nuqtaga kelayotgan toʻlqinni qoʻshimcha S sirtda joylashgan hayoliy manbalardan kelayotgan toʻlqinlar yigʻindisi bilan almashtiriladi. S sirt sifatida Q dan kelayotgan sferik toʻlqin sirti olinadi. Bunda S sirt, har bir zona chetlaridan R nuktagacha boʻlgan masofalar X/2 ga farqlanadigan halqasimon zonalarga boʻlinadi (X — toʻlqin uzunligi). Yuzlari oʻzaro tent boʻlgan bunday zonalar Frenel zonalari deb ataladi. Agar S sirt oʻrniga markazi O nuqtada boʻlgan doiraviy teshikli toʻsiq qoʻyilsa, teshikka juft sondagi Frenel zonalari toʻliq joylashgan holda R nuk,tada qorongʻilik kuzatiladi; teshikka toq sondagi Frenel zonalari toʻliq joylashgan holda esa R nuqtada toʻlqin amplitudasi eng katta boʻlib, u toʻsiq umuman boʻlmagan holdagidan 2-marta katta boʻladi (mk"b hollarda). Frenel zonalari usuli optika, radio va tovush toʻlqinlarini oʻrganish va boshqalarda qoʻllandi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |