Fridel krafts reaksiyasi
Fridel krafts reaksiyasi — aromatik birikmalarni kislotali katalizatorlar ishtirokida alkillash yoki atsillash. Benzolning etil xlorid va atsetil xlorid bilan ammoniy xlorid ishtirokida kondensatlanishi F.—Fridel krafts reaksiyasiga misol boʻla oladi. F.—Fridel krafts reaksiyasidan, asosan, etilbenzol va uning gomologlarini sanoatda sintez qilishda foydalaniladi. Reaksiyani Sh. Fridel va J.Krafts 1877-yilda kashf etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |