Fridrix II (1712.24.1, Berlin 1786.17.8, Potsdam) — Prussiya kiroli (1740-yildan). Gogensollernlar sulolasidan. Qirol Fridrix Vilgelmning oʻgʻli. Yirik sarkarda. Yoshligida fransuz maʼrifatparvarlari taʼsirida boʻlgan. Ayni vaqtda pruss harbiybyurokratik militarizmining eng izchil vakillaridan. 1740-yil F.P Avstriyaga tegishli Sileziyaga bostirib kirib, bir necha bor urush qilgan. 1-Sileziya urushi (1740—42) va 2-Sileziya urushi (1744—45) natijasida muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega boʻlgan bu oʻlkani oʻziga tobe qilgan. 1756—63 yillardagi Yetti yillik urushda Avstriya va Fransiya qoʻshinlariga bir necha marta zarba bergan. F. II oʻzini sanʼatni qadrlovchi va homiysi qilib koʻrsatgan. Bir qator falsafiy va tarixiy asarlarning muallifi boʻlgan. Asarlarini, asosan, fransuz tilida yozgan. Absolyutizmni mustahkamlash yuzasidan F.P bir necha islohotlar oʻtkazgan.

F. II davrida Prussiya buyuk davlatlar qatoriga chiqqan, uning hududi 2 barobar koʻpaygan. Ammo zulm va rasmiyatchilikka asoslangan bu davlat mustahkam boʻlmagan. F. II vafotidan soʻng koʻp oʻtmay Prussiyaning Fransiya bilan olib borgan urushlarida bu ahvol ochiq namoyon boʻlgan.