Frittata - italyan taomi. Odatda asosi tuxumdan iborat bo‘ladi. „Frittata“ so‘zi italyanchafriggere“ fe’lidan olingan bo‘lib, „qovurmoq“ degan ma’noni anglatadi, ingredientlar tovada birga qovuradi. Moslashuvchan taom bo‘lib, uni nonushta, tushlik yoki kechki ovqat uchun tanovul qilish mumkin.[1]

frittata
Turi omlet
Milliy oshxona italyan
Kelib chiqishi Italiya
Asosiy komponentlari tuxum, sabzavotlar

Frittata ko‘pincha issiq yoki xona haroratida iste’mol qilinadi. U asosiy taom sifatida xizmat qilishi yoki yonma-yon salat va non bilan birga dasturxonga tortilishi mumkin. Frittata tez tayyor bo‘lishi bilan mashhur hamda u qolib ketgan mahsulotlardan foydalanishning ajoyib usuli hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Frittata dastlab qolgan ingredientlardan foydalanish usuli sifatida yaratilgan va tejamkor taom sifatida tayyorlangan. An’anaviy italyan uy xo‘jaliklarida frittata ko‘pincha oldingi ovqatlardan qolgan sabzavotlar, pishloqlar va go‘shtlardan tayyorlangan. Ingredientlar atalangan tuxum bilan qo‘shildi va tovada birga pishirildi. Natijada mazali taom paydo bo‘ladi.

Vaqt o‘tishi bilan frittata taomi rivojlandi. Ingredientlar va lazzatlar jihatidan yanada xilma-xil bo‘ldi. Keyinchalik Italiya bo‘ylab mintaqaviy tafovutlar paydo bo‘ldi. Turli mintaqalarning o‘zlarining mahalliy ingredientlari va oshxona an’analarini o‘z ichiga olgan retseptlari paydo bo'ldi.[2]

Tayyorlanishi

tahrir

Ko‘pincha kartoshka, piyoz va tuxumdan tayyorlanadi, ba’zan esa maydalangan parmesan pishlog’i qo‘shiladi. Kartoshkani mayda kubiklar qilib, 5 daqiqa qaynatiladi, piyoz to‘g‘raladi va tovada qovuriladi. Tuxum ko‘pirtirgich bilan aralashtiriladi, ta’bga ko‘ra tuz, murch qo‘shiladi va tovaga quyiladi. Piyoz bilan qovurilgan aralashma ustiga maydalangan pishloq sepiladi va 10-12 daqiqa davomida pechga yuboriladi. Ko’katlar va yangi pomidorlar bilan tortiladi.[3]

Manbalar

tahrir
  1. Elizabeth David. Italian Food. Barrie & Jenkins, 1954. ISBN 978-0-7126-2000-0. 
  2. Jamie Oliver. „roasted chilli frittata“. Jamie magazine issue 7. 2011-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  3. „Easy Frittata Recipe (Choose Your Add-Ins)“.