Frizlar — Niderlandiyadagi (400 ming kishi) va Germaniyadagi xalq. Umumiy soni 420 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Friz tilida soʻzlashadi. Dindorlari — kalvinistlar, bir qismi katoliklar. Asosiy mashgʻulotlari — qishloq xoʻjaligi va baliq ovlash. Niderlandiyadagi F. gollandlarta yakin boʻlishlariga qaramay oʻziga xos madaniy anʼanalarini saqlab qolishgan.