Bosh menuni ochish

Fruktoza (lot. fructus — meva), levuloza, S6N12O6 — shirin taʼmli rangeiz kristall modda. Kdynash trasi 102—104°; suvda eriydi. F. — monosaxarid, koʻpchilik mevalarda, mas, pomidor, olma, asalda (50%) erkin hodda uchraydi; oligo va polisaxaridlar tarkibiga kiradi. F. fosfatlari (fruktoza1,6 difosfat, fruktoza6fosfat) fotosinteztsht qorongʻi fazasida (Kelvin sikli), metabolizm jarayonida (glikoliz, spirtli bijish) va uglevodlar biosintezida hosil boʻladigan oraliq birikmalardir.

F. — qimmatli oziq-ovqat mahsuloti, organizmga yaxshi singiydi; mevadan, saxaroza va inulinnn gidrolizlab, shuningdek, Dglyukozaga ishqor taʼsir ettirib olinadi. F.ning furanoza (tabiiy) shaklidan tashqari ochiq keton va boshqa tautomer shakli ham maʼlum. F. oziqovqat sanoati va tibbiyotda qoʻllanadi. Fruktoza1,6difosfat — shok holatida va yurak kasalliklarida ishlatiladi.