Mixail Frunze
Mixail Vasiliyevich Frunze [1885.21.1 (2.2), hozirgi Bishkek shahri 1925.31.10, Moskva] — Turkistonda sovet rejimini qurol kuchi bilan oʻrnatgan shoʻro harbiy arboblarvdan biri. Rossiyada 1905—07 yillar inqilobida faol qatnashgan. Ivanovo—Voznesensk gubernya partiya komiteta va gubernya ijroiya qoʻmitasi raisi hamda Yaroslavl gubernyasi harbiy komissari (1917—18). Sharqiy frontdagi 4-armiya qoʻmondoni (1918—19), Sharqiy front (1919-yil iyuldan), Turkiston fronti (1919-yil avgust — 1920-yil sentyabr) qoʻmondoni. Butun Rossiya MIK va RSFSR XKSning Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) aʼzosi (1919-yil oktabr — 1920-yil sentyabr). Buxoro bosqini (1920-yil 28-avgust 2-sentyabr)ning asosiy tashabbuskori sifatida Samarqandda turib qizil armiyaning harbiy harakatlarini boshqargan. Shu harakat tufayli Buxoro obidalarining aksariyati vayron etilib, minglab begunoh odamlar nobud boʻlgan. Buxoroda amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, oʻsha paytda jahondagi eng katta xazinalardan biri hisoblangan amirlikning butun xazinasini 2 eshelonda (har birida 14 tadan vagon) Moskvaga joʻnatgan va uning maʼlum qismini oʻzi oʻzlashtirgan.
1920-yillarning boshi | |
Imzosi |
---|
Janubiy front qoʻmondoni (1920-yil oktabrdan) sifatida Frunze Qrimni bosib olishda qatnashgan. Ukraina SSR XKS raisi oʻrinbosari (1922—24). SSSR harbiy inqilobiy kengashi raisi oʻrinbosari va raisi, harbiy va dengiz ishlari boʻyicha xalq komissari (1924—25). Ayni paytda IshchiDehqon Qizil armiyasi shtabi va Harbiy akademiya boshligʻi (1924-yil apreldan). RKP (b) MK Siyosiy byurosi va RKP(b) MK Tashkiliy byurosi aʼzoligiga nomzod (1924—25). Shoshilinch operatsiya qilingach, shubhali tarzda vafot etgan va Moskva Qizil maydoniga dafn qilingan.
Adabiyot
tahrir- Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrvda], T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002; Qahramon Rajabov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |