Ftoridlar — ftorning boshqa elementlar bilan boʻlgan birikmalari. Mendeleyev davriy sistemasi I va II guruh elementlari F.i element ftor ion bogʻli qattiq moddalar; VI va VII guruh elementlarining koʻpchilik F.i elementftor kovalent bogʻli gazlardir; tarkibida uglerod boʻlgan F. ftororganik birikmalar sinfini hosil kiladi; koʻpchilik metallar (V, Mo, W, Re va boshqalar)ning yuqori valentli F.i uchuvchan moddalardir. F. tabiatda uchraydi. Galogenlar, inert gazlar, kislorod, azot hamda boshqa koʻpgina yuqori darajada oksidlanadigan elementlarning F.i — oksidlovchilar; margimush, surma, bor F.i kuchli kislotalardir. F. elementlarga ftor taʼsir ettirib, vodorod ftoridni metallar bilan reaksiyaga kirishtirib va boshqa usullarda olinadi. F.dan vodorod ftorid, kislorod F.i, azot F.i keng qoʻllanadi. Xlor F.i raketa texnikasida, ftorlovchi agent sifatida, metall qoplamalari, optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi.