Fuat Ablyamitov
Fuat Yakubovich Ablyamitov (1937-yil 15-iyun, Simferopol, RSFSR, SSSR – 2007-yil noyabr, Simferopol, Ukraina) – Qrim-tatar jamoat arbobi, tibbiyot fanlari nomzodi (1973), 2-chaqiriq Qrim Respublikasi Oliy Kengashi deputati.
Fuat Yakubovich Ablyamitov | |
---|---|
Tavalludi |
15-iyun 1937-yil Simferopol, RSFSR, SSSR |
Vafoti |
2007-yil noyabr oyi Simferopol, Ukraina |
Sohasi | Tibbiyot |
Ish joylari | Toshkent tibbiyot instituti |
Ilmiy darajasi | Tibbiyot fanlari nomzodi |
Hayoti
tahrirFuat Yakubovich Ablyamitov 1937-yil 15-iyunda Simferopol shahri (Qrim ASSR)da tugʻilgan. Onasi Sultoniya farmatsevt boʻlib ishlagan, otasi Yoqub Ametovich esa qishloq xoʻjaligi institutida dars bergan. 1938-yilda uning otasi „turk, nemis, ingliz va yapon razvedkasi uchun josuslik qilgani uchun“ qatl etilgan. Taʼqiblardan qochib, ona va uning ikki yosh oʻgʻli dastlab 1944-yilda Turkiyadagi qarindoshlarinikiga borishga qaror qilishadi. Biroq, qarindoshlarini xavfga qoʻyishni istamay Ruminiyaga boradi. 1949-yilda Fuat, uning ukasi va onasi „xoin“ sifatida Oʻrta Osiyoga surgun qilingan[1].
Fuat Yakubovich 1955—1957-yillarda Toshkent elektrotexnika zavodida chizmachi boʻlib ishlagan. 1960—1963-yillarda feldsher boʻlib xizmat qilgan. U 1963-yilda Toshkent tibbiyot institutini tamomlagach, tez tibbiy yordam stantsiyasida shifokor boʻlib ishlay boshlaydi. 1973—1978-yillarda klinik shifoxonaning nevrologiya boʻlimiga, 1978—1983-yillarda Toshkent tibbiyot institutida assistent lavozimida ishlagan. Fuat Yakubovich 1983—1985-yillarda Moskvada tez tibbiy yordam boʻlimida shifokori boʻlib ishlagan. 1985—1990-yillarda O‘zbekiston SSR Sogʻliqni saqlash vazirligi klinikasida shifokor boʻlib ishlagan.
1987-yil 7-iyulda uch qrim-tatar faoli: Fuat Ablyamitov, Reshat Jemilev va Sabri Seutova Moskva huquq himoyachilari tomonidan tashkil etilgan „Glasnost“ press-klubining ochilishida qatnashadilar va chet el ommaviy axborot vositalari vakillariga iyulda boʻlib oʻtgan namoyish haqida gapirib berishadi[2].
1987-yilning yozida Qrim tatarlari zich yashaydigan shahar va tumanlarida politsiyaga „tartibni tiklash uchun qoʻshimcha vakolatlar“ beriladi. Oʻzbekistonning Toshkent, Bekobod, Sirdaryo va Yangiyoʻl shaharlarida KPSS aʼzosi boʻlgan qrim-tatarlar okrug komitetlariga chaqirilib, ulardan „ekstremistlar“ning, jumladan Sabri Seutova, Reshat Jemilevning harakatlarini qoralovchi bayonotlarga imzo chekish talab qilindi.
Fuat Yakubovich Ablyamitov 1990-yildan 1994-yilgacha Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining deportatsiya qilingan fuqarolariga xizmat koʻrsatish Respublika tibbiyot markazi bosh shifokorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
1994—1998-yillarda 2-chaqiriq Qrim Oliy Kengashining deputati boʻlgan. U 1994—1997-yillarda sogʻliqni saqlash va sanatoriy-kurort davolash boʻyicha doimiy komissiya aʼzosi boʻlgan. 1997-yil fevraldan 1998-yil aprelgacha Qrim Avtonom Respublikasining deputatlik etikasi va ishini tashkil etish boʻyicha doimiy komissiyasiga raislik qilgan[3].
Fuat Yakubovich 2007-yilning noyabrida Simferopolda uzoq davom etgan kasallikdan soʻng yurak xuruji va insultdan vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Фуат АБЛЯМИТОВ: Сын «врага народа» в борьбе за права народа“. 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Московские акции крымских татар летом 1987 года“. 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Верховной Рады Автономной Республики Крым II созыва (1994 – 1998)“. www.evpcur.16mb.com. 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2023-yil.