Fudziyama

Yaponiyaning eng baland togʻi

Fudziyama, Fudzi, Fudzisan (aynlar tilida Fusxi — olov maʼbudasi, yaponcha yama, san — togʻ) — Xonsyu orolidagi soʻnmagan vulkan, Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Tokio shahridan taxminan 100 km janubi-gʻarbda bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. Soʻnggi bor 1707—1708-yillarda otilgan. Krateri toʻgʻri konus shaklida, diametri 700 m, chuqurligi 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Yon bagʻirlari doim yashil oʻrmon va butazorlar. Milliy bogʻ tarkibida. Fudziyama — yaponlarning "muqaddas togʻi". Turistlar koʻp boradi.

Fudziyama
yaponcha: 富士山

Fudziyamaning Ovakudani togʻidan koʻrinishi
Boshqa nomi Fudzisan
Joylashuvi Fudzi-Xakone-Izu milliy bogʻi
Koordinatalar 35°21′38″N 138°43′39″E / 35.36056°N 138.72750°E / 35.36056; 138.72750 G OKoordinatalari: 35°21′38″N 138°43′39″E / 35.36056°N 138.72750°E / 35.36056; 138.72750 G O
Balandligi 3775.63 m
Kislorodni ilk chiqishi 663-yil
Eng qulay yoʻl piyoda yurib chiqish
100 000 yil

Galereya tahrir

Fudzi tog'idan ko'rilgan quyosh chiqishi