Fula, fulbe, fulfulde, fulani, ful, pyol, tukul o r — kongokordofan tillark oilasining gʻarbiy atlantik tarmogʻiga mansub, Gʻarbiy Afrikada Atlantika okeani qirgʻoqlaridan Chad koʻligacha boʻlgan hududda (Nigeriya, Gvineya, Mali, Kamerun, Senegal, BurkinaFaso, Niger va boshqa mamlakatlarda) tarqalgan til. Baʼzi hududlarda, ayniqsa, Gvineya va Shim. Kamerunda qabilalararo, urugʻlararo aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 23 mln. kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Asosiy laxjalari: futatoro (Senegal), futajallon (Gvineya), masina (Mali), shim. Nigeriya (Nigeriya), adamaua (Gʻarbiy Nigeriya, Kamerun).

F.ning fonetik belgilari: undoshlar tizimida jarangsiz, jarangli, boʻgʻiz, burun undoshlari farklanadi; unlilar kiskalik — choʻziklik boʻyicha ajratiladi. F. tuzilishi, asosan, sintetik, qisman agtlyutinativ xususiyatga ega.

F.da 17— 19-asrlarda diniy, tarixnavislik, maishiy mazmundagi matnlar yaratish maksadida arab yozuvining ajamiy deb nomlangan turidan foydalanilgan; 20-asrning 2yarmida lotin grafikasi asosidagi yozuv keng tarqaladi, folklor matnlari, marosim va epik sheʼriyat namunalari nashr etiladi. Shunday boʻlsada, umumiy adabiy meʼyor mavjud emas.

Adabiyot tahrir

  • Koval A. I., Zubko G. V., Yazik fula, M., 1984.