Fullerenlar — uglerodsimon sunʼiy ravishda olingan modifikatsiyalari, uning klasterlari, koʻp qirrali tuzilishga ega fazoviy moddalar. 1985-yil amerikalik olim G. Kroto hamkasblari bilan hamkorlikda lazer yordamida grafitni bugʻlatib goʻzal fazoviy koʻrinishga ega boʻlgan 32 qirrali C60 molekulasini kashf etdi. C60ning mol.m. 720,669, zichligi 2,5—3,0 g/sm3. Uglerodning yangi klasteri — S60ni mualliflar oʻz vatandoshlari meʼmor, muhandis — ixtirochi R.B. Fuller sharafiga fulleren deb atashni taklif etdilar. Buning boisi 1967-yil Monreal shahrida oʻtkazilgan Jahon xalqaro koʻrgazmasida paviloni uchun kurilgan fazoviy geodezik gumbazning konstruksion elementlari kashf etilgan yangi modda tuzilishining kattalashtirilgan koʻrinishini (futbol toʻpini) eslatardi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay, uglerod klasterlari yulduzlar spektrlarida, meteoritlar, koinot zarralari va hatto oddiy kumir kurumida ham mavjudligi aniklandi. 1988-yilda uglerod klasterlarining bir kator vakillari — C28, C32, C50 va C70 ham sintez qilindi. 1990-yil F.ning kristall shakldagi xillari olinib, ularga fulleritl a r deb nom beriddi. Fulleritlar tarkibiga turli elementlar, jumladan, ishqoriy metallar kiritilib, noyob xossalarga ega boʻlgan moddalar (fulleridlar) sintez kilindi. K3C6O 18 Kda oʻta oʻtkazuvchanlikni namoyon qildi. 20 ta 6 burchak, 12 ta toʻgʻri 5 burchak va 32 kirrali F. va uning birikmalari 1000° traga bardoshlidir. F. — kelajagi porloq moddalar. Ular kimyo sanoatida, mashinasozlikda, kemasozlikda, aviasozlikda, yer osti inshootlari, binolar, sharsimon va geodezik gumbazlar qurilishida konstruksion material sifatida qoʻllanishi mumkin.

Ad.:Jarikov O.V., Fullereni — materiali XXI veka, M., 1992,Axmerov Q., Futbol toʻpini eslatuvchi modda, T., 2002. Qudrat Axmerov.