Fungus qoyasi (baʼzan qoʻziqorin qoyasi deb ham ataladi[2], maltaliklar orasida Il-Ġebla tal-Ġeneral nomi bilan tanilgan) – Malta arxipelagidagi Gozo oroli qirgʻogʻida, Dveyradagi dumaloq shaklga ega qora lagunaga kiraverishdagi balandligi 60-metr-high (200 ft) lik katta ohaktosh boʻlagi koʻrinishidagi kichik orolchadir. U San Lawrenz shahrining yurisdiktsiyasiga kiradi.

Fungus qoyasi
Native name:
Il-Ġebla tal-Ġeneral
Fungus qoyasi is located in Malta
Fungus qoyasi
Fungus qoyasi
Fungus qoyasi is located in Mediterranean
Fungus qoyasi
Fungus qoyasi
Geography
Location Malta yaqinida, Oʻrta yer dengizi
Coordinates 36°02′45″N 14°11′27″E / 36.04583°N 14.19083°E / 36.04583; 14.19083
Archipelago Maltese islands
Area 0.007[1] km2 (0.0027 kv mi)
Administration
Malta
_BLANK_

Tarixi

tahrir

Hospitaller ritsarlari qoyaning tekis hududida oʻsadigan malta qoʻziqorini deb nomlanuvchi oʻsimlikni topib oladilar. Aslida u qoʻziqorin emas, balki gullaydigan oʻsimlik boʻlib, bu oʻsimlik oʻzidan yoqimsiz hid taratadi. Oʻsha paytda shifokorlar uning dorivor xususiyatlariga ega ekanligiga ishonishgan. Ritsarlar uni yaralarni davolovchi va dizenteriyadan halos etuvchi vosita sifatida qabul qilishgan. Ular uni shunchalik qadrlashganki, koʻpincha taniqli zodagonlarga va Malta orollariga tashrif buyuruvchi sayyohlarga oʻsimlikni sovgʻa sifatida berishgan.

Grand Master Pinto 1746-yilda orolchani chegara bian oʻrab himoyalashga qaror qiladi. Buzgʻunchilar ritsarlarning galleylarida eshkakchi sifatida orolchaga kelib, bu yerdagi noxushliklarni keltirib chqarishadi. Shu sabali, hududdagi oʻsimlikni himoyalash uchun Master Pinto oʻsha yerga doimiy qoʻriqchi ham qoʻyadi[3][4].

Lekin Pintoning harakatlari nooʻrin boʻlib chiqadi. Farmakologlar bugungi kunda Fucus coccineus melitensis[5] oʻsimligining tibbiy taʼsirini oʻrganishmoqda[6].

Hozirgi vaqtda qoʻziqorin oʻsadigan hududlar qoʻriqxona hisoblanadi. Biroq, yaqin atrofdagi qirgʻoq choʻmilish uchun qulayligi sababli ham, bu yerda suv ostiga shoʻngʻuvchilar va havaskor suzuvchilar tez-tez tashrif buyurishadi.

Quyosh botishini Fungus qoyasidagi teshik orqali suratga olish mumkin.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. State of the Environment Report for Malta 1998 (Wayback Machine saytida 2015-04-02 sanasida arxivlangan)
  2. Ganado, Albert (2005). "Bibliographical notes on Melitensia - 3". Journal of the Malta Historical Society (Melita Historica) 14 (2): 178. Archived from the original on 21 April 2014. https://web.archive.org/web/20140421163335/http://mhs.eu.pn/mh3/20053.html. 
  3. Dharmananda. „Cynomorium: Parasitic Plant Widely Used in Traditional Medicine“. Qaraldi: 2010-yil 2-noyabr.
  4. The historical guide to the island of Malta and its dependencies. p. 88.
  5. Correctly known as Cynomorium coccineum; it is not a Fucus, which is a genus of seaweed.
  6. Botanical Society of Edinburgh „Agriculture of Malta and Sicily“,. Transactions and Proceedings of the Botanical Society of Edinburgh. Botanical Society of Edinburgh, 1870 — 115 bet. 

Havolalar

tahrir

  Vikiomborda Fungus Rock mavzusiga oid fayllar bor