Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun
„Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar[1][2][3][4][5].
„Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | koʻkrak nishoni | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan shaxslarga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2018-yil 14-noyabr. |
Tavsifi
tahrir- „Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida doira shaklda toʻq sariq rangda 5 nafar odam (bosh va yelka qismlari) siluetining birlashmasi hamda uning ikki yonida dafna yaproqlari aks ettirilgan. Dafna yaproqlarining yuqori qismida sakkiz qirrali yulduz joylashgan, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan.
- Nishonning tashqi aylanasining pastki qismida uchta yulduz va tashqi aylananing atrofi boʻylab „FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISNGA QOʻSNGAN NISSASI UCNUN“ soʻzlari yozilgan.
- Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston xaritasi tasviri tushirilgan globus ustida koʻkka parvoz qilishga intilayotgan uchta turna tasviri aks etgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
- Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
- Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetr. Qadagʻich eni 22 millimetrli koʻk rangli shoyi lenta bilan qoplangan.
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.11.2018-yildagi pq-4017-son
- ↑ [https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/fuqarolik_jamiyatini_rivojlantirishga_qushgan_hissasi_uchun_kukrak_nishoni_tasis_etildi „FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHGA QOʻSHGAN HISSASI UCHUN“ KOʻKRAK NISHONI TAʼSIS ETILDI ]
- ↑ „Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni taʼsis etildi
- ↑ Oʻzbekistonda „Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni taʼsis etildi
- ↑ 2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida