Fuqarolik masʻuliyatini sugʻurtalash

Fuqarolik masʻuliyatini sugʻurtalash rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan masʻuliyatni sugʻurtalash turi. Ularning koʻpchiligida FM sugʻurtalash majburiyati qonunchilikda belgilangan. Uning mohiyati shundan iboratki, xavfli obʻektlardan foydalanayotgan yoki ularni boshqarayotgan (masalan, transport vositalari) shaxs ushbu amallar sababli uchinchi shaxslarning mulki yoki hayoti va sogʻligʻiga etkazgan zaralari uchun masʻul boʻlishi shart. Qonun boʻyicha masʻuliyat ataylab qilinmagan huquqbuzarlik yoki shartnoma majburiyatlarini buzish bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin. FM sugʻurtalash yoki uchinchi shaxslar oldidagi masʻuliyatni sugʻurtalash eng koʻp sonli sugʻurta turi boʻlib, uning barcha turlarini sanab oʻtish qiyin.

Manba tahrir

http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php (Wayback Machine saytida 2006-08-31 sanasida arxivlangan)