Fuqarolik protsessual kodeksi (FPK) — fuqarolik protsessual huquq normalarining tizimga solingan majmui. Fuqarolik ishlarini koʻrishda sud faoliyatini, sudning qaror va ajrimlarini bajarishda sud ijrochisi, shuningdek, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Oʻzbekiston Respublikasining FPKda fuqarolik sud ishlarini yurgizish vazifalari mamlakatning ijtimoiy va davlat tuzumini, fuqarolarning siyosiy, mehnat, uyjoy va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya etishga xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasining FPK 1997-yil 30 avgustda qabul qilingan va 1998-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14 dekabrdan 163Psonli qonuni bilan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasining FPK 5 boʻlim, 40 bob, 391 moddadan iborat. Birinchi boʻlim umumiy qoidalardan iborat boʻlib, sud qarorlari va bayonnomalari, sudga taallukli ishlar, protsess ishtirokchilari, dalillar, sud xarajatlari, sud jarimalari, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari va chaqiruvlari normalarini oʻz ichiga oladi. 2boʻlim 1instansiya sudida ish yuritish tartiblaridan iborat boʻlib, unda daʼvo ishlarini yuritish, davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xattiharakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar boʻyicha ish yuritish, alohida tartibda ish yuritishga oid normalar oʻz ifodasini topgan, 3boʻlim sud qarorlari ustidan shikoyat berish va ularni qayta koʻrish, 4boʻlim sud qarorlarining ijrosi, 5boʻlim fuqarolik protsessida chet el fukarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga oladi.