Furfurol
Furfurol (lotincha furfur — kepak, qipiq va oleum — moy), C5H4O2 — yangi yopilgan javdari non xidi keladigan geterotsiklik aldegid; sargʻish moysimon suyuklik. Suyuqlanish temperaturasi — 36,5°, qaynash temperaturasi 161,7°, zichligi 1159 kg/m3; suvda oz, spirt va efirda yaxshi eriydi. F.ning kimyoviy xossalari benzoat aldegidnikiga oʻxshaydi. Oʻsimlik materiallari (mosh, makkajoʻxori oʻzagi, sholi qipigʻi)ni gidrolizlab olinadi. F. furfuril spirt, tetragidrofurfuril spirt, tetragidrofuran, furan smolalari, divinil, sanoat yelimlari olishda ishlatiladi. F.ning baʼzi hosilalari tibbiyotda furatsillin sifatida qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |