Furma
Furma (nem. Form — forma, shakl) — metallurgiya pechi va agregatlariga havo yoki kislorod yuborish moʻljallangan qurilma. F. poʻlat yoki rangli metallar quyishda yonish jarayonini yaxshilaydi, metallarni zarur kislorod bilan boyitadi. F. soplo (domna pechlarida), maxsus uchlikli quvur (konverterlar, marten pechlarida) koʻrinishida boʻlishi mumkin. F. orqali havo va kisloroddan tashqari kukunsimon materiallar ham yuboriladi (qarang Kislorodkonverter jarayoni).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |