Shayxontohur tumanini Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari bilan bog'lab turuvchi asosiy kuchalardan biri. Poytaxtning qadimiy ko'chalaridan biri. Hadra maydoni va Beshyogoch maydoni hududidagi Bo'rijar kanali kuprigi oralig'ida. Uzunligi 2 km atrofida. Urta aerlarda Xadsradan „Qoratosh“ mahallasiga boriladigan asosiy ko'cha bo'lgan. 20-asrning 1-yarmida ko'chaning bir qismida rekonstruksiya ishlari olib borilgan. Yangitdan tashkil topgan ko'chaga 1955 yil 30 dekabrda ma'rifatparvar o'zbek shoiri Furqat nomi berilgan. Yunalishidagi binolar 1966 y. Toshkent zilzilasidan jiddiy zarar ko'rgan. O'zbekiston mustaqilligi davrida ko'chada keng kamrovli rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jumladan, ko'chaning eni kengaytirilib, Xadra maydonidan O'zbekiston ko'chasigacha bo'lgan qismida ikkita yul qurilib foydalanishga topshirildi. Xadra maydoni va O'zbekiston ko'chasidan o'tish uchun zamonaviy texnologiyalar asosida yer osti yullari bunyod etildi. Kuchaning Chilonzor tumani qismi, yaʼni Uzbekiston va Bobur ko'chalari oralig'ida ham keng kamrovli qayta qurish, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Yunalishida O'zbekiston Milliy olimpiya Furqat. Qomitasi, O'zbekiston futbol federatsiyasi, „Navruz“ majmuasi, O'zbekiston milliy bog'i, „Istiqlol“ sanʼat saroyi, „Yagona buyurtmachi injiniring“ kompaniyasi, „Ipotekabank“ va „Ravnaqbank“, O'quvchilar saroyi, Geologiya muzeyi, P.Benkov nomidagi rassomlik va dizayn kasb-hunar kolleji, „Olmazor“, „Chaqar“, „O'qchi“ va „Beshyog'och“ mahallalari, mebel savdo majmualari, avtosalon, „Bunyodkor“ metro bekati, „Navruz“ restorani, „Fayoz“ kafesi, qurilish tashkilotlari, xorijiy korxonalar, „Davlatdojiota“ choyxonasi, savdo va umumiy ovqatlanish majmualari va shoxobchalari, shaxsiy hamda ko'p qavatli turar joy binolari joylashgan. Yunalishida O'zbekiston, Bobur, Navoiy, Zarkaynar va Turob To'la ko'chalari bilan tutashgan.[1]

Furqat ko'chasi koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur tumani
Uzunligi 2 km
Kim sharafiga nomlangan o'zbek shoiri Furqat
Koʻchada joylashgan binolar O'zbekiston Milliy olimpiya Furqat Qomitasi
O'zbekiston futbol federatsiyasi



Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.