Futbol boʻyicha 2016-yilgi Yevropa chempionati mezbonini aniqlash

2016-yilgi Futbol boʻyicha Yevropa Chempionati mezbonini aniqlash, 2010-yilning 28-may kuni Jenevada boʻlib oʻtdi. Turnirni qabul qilish uchun Fransiya, Turkiya va Italiya oʻz zayavkalarini topshirishdi, yakunda Fransiya zayavkasi gʻalaba qozondi va Yevro 2016 turnirini oʻtkazish mezbonligini qoʻlga kiritdi.

UEFA Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari tarkibi

tahrir

Ovoz berish paytida oʻz mamlakatlari ishtirok etayotgani sababli «Ijroiya Qoʻmitasi» aʼzolari yaʼni   France Mishel Platini,   Turkey Senesh Erzik va   Italy Jankarlo Abete ovoz berishda ishtirok etishmadi.

Ovoz berish qoidalari

tahrir

Birinchi raundda har bir mamlakat prioritet boʻyicha qoʻyib chiqiladi: birinchi mamlakat 5 ochko, ikkinchi mamlakat 2 ochko va uchinchi mamlakat 1 ochkoga ega boʻladi. Birinchi raundga binoan 3-oʻrinni egallagan mamlakat, ikkinchi raundga chiqa olmaydi. Ikkinchi raundda eng koʻp ovoz toʻplagan mamlakat mezbonlikni qoʻlga kiritadi.

Ovoz berish natijalari

tahrir

Fransiya 2-raundda Turkiyadan 1 ta ovoz koʻp toʻplab gʻalaba qozondi.

Nomzod 1-raund 2-raund
  Fransiya 43 7
  Turkiya 38 6
  Italiya 23 2-raundga chiqa olmadi
Umumiy 104 13

Turnirni qabul qilmoqchi boʻlgan, biroq oʻz zayavkasini qaytarib olgan mamlakatlar

tahrir
  •   Norvegiya /  Shvetsiya - bundan oldin Shvetsiya Yevro 1992ni qabul qilgan edi, biroq mamlakat hukumati qoʻllab-quvvatlamagani uchun 2009-yilning dekabr oyida oʻz zayavkasini qaytarib oldi.
  •   Shotlandiya /  Wales Uels - bundan oldin Yevropa chempionatini qabul qilishmagan, iqtisodiy inqiroz tufayli oʻz zayavkalarini qaytarib olishdi.
  •   Irlandiya - bundan oldin Yevropa chempionatini qabul qilmagan, Shotlandiya bilan boʻlgan muzokaralar ish bermagach zayavkasini qaytarib oldi.
  •   Rossiya - bundan oldin Yevropa chempionatini qabul qilmagan, ketma-ket ikkita Yevropa chrmpionati Sharqiy Yevropada oʻtishi mumkin emasligi bois (2012-yilda «Yevro-2012» Sharqiy Yevropaning mamlakatlari hisoblanadigan Polsha va Ukrainada oʻtkazilgan edi) 2009-yilning dekabr oyida oʻz zayavkasini qaytarib olishga majbur boʻldi.