Futurologiya (lot. futurum — kelajak va ...logiya) — keng maʼnoda — insoniyat kelajagi, umumbashariy muammolar haqidagi umumiy konsepsiya yoki tasavvurlar majmuasi; tor maʼnoda — ijtimoiy jarayonlar hamda fan-texnika taraqqiyotiga oid sohalardagi jarayonlarni izchillikda oʻrganish va kelajagini bashorat qilish imkoniyatini beradigan fan sohasi, "bashorat qilish" soʻzining sinonimi. 1943-yil nemis sotsiologi O. Fleytxeym "F." terminini kelajak haqidagi fan sifatida ishlatishni taklif qilgan. Hozirgi vaqtda F.da 2 asosiy yoʻnalish kuzatiladi. 1yoʻnalish — "ekologik pessimizm" tarafdorlari insoniyat rivojining salbiy oqibatlarini bashorat qilsalar, 2yoʻnalish — ilmiy-texnikaviy optimizm namoyandalari texnologiya taraqqiyotining ijobiy imkoniyatlari asosida insoniyat sivilizatsiyasini saqlab qolish mumkin, deb hisoblaydilar.