AFC Futzal Osiyo chempionati 2016

xalqaro futzal musobaqasi

Futzal boʻyicha 2016-yilgi Osiyo chempionati – Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan erkaklar terma jamoalari oʻrtasida ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan futzal boʻyicha Osiyo chempionatining 14-turniri. Turnir Oʻzbekistonda 2016-yilning 10–21-fevral kunlari boʻlib oʻtdi[1]. Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Futzal boʻyicha 2016-yilgi Osiyo chempionati
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Oʻzbekiston
Sana 10–21-fevral
Jamoalar 16 (1 ta konfederatsiyadan)
Bellashuv joylari (1 ta shaharda)
Yakuniy natijalar
Chempionlar  Eron (11- marta)
2-oʻrin  Oʻzbekiston
3-oʻrin  Tailand
4-oʻrin  Vyetnam
Statistika
Oʻyinlar soni 35
Gollar soni 234 (har oʻyinda oʻrtacha 6.69 ta)
Muxlislar soni 33 275 (har oʻyinda oʻrtacha 951 ta)
Toʻpurar(lar) Tailand Suphawut Thueanklang (14 goals)
Eng yaxshi oʻyinchi Eron Ali Asqar Hasanzoda
2014
2018

Turnir dastlab Tayvanda (yaʼni Xitoy Respublikasida) oʻtkazilishi moʻljallangan edi[2]. Dastlab 2016-yilning 12–27-mart kunlariga belgilangan edi, biroq FIFA futzal boʻyicha xalqaro oʻyinlar taqvimi qabul qilingandan soʻng bu muddat oʻzgartirildi[3][4].

Xuddi shu yili FIFA futzal boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilgan avvalgi turnirlar singari, ushbu turnir ham OFK tomonidan Jahon chempionatiga saralash bosqichi vazifasini oʻtadi.

Chempion Eron, ikkinchi oʻrinni egallagan Oʻzbekiston, uchinchi oʻrinni olgan Tailand, toʻrtinchi oʻrinni egallagan Vyetnam va pley-offda beshinchi oʻrinni egallagan Avstraliya terma jamoalari OFK vakillari sifatida Kolumbiyada boʻlib oʻtgan futzal boʻyicha 2016-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi[5][6].

Manbalar tahrir

  1. „Asian Futsal Championship 2016 to be held in Tashkent“. uzreport.uz (2015-yil 10-mart). 2019-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyun.
  2. „台灣足球/亞足聯意台主辦亞洲盃五人制 卡世大運無館“. 2015-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.
  3. „FIFA futsal international match calendar 2016–2020“. FIFA.com (2015-yil 27-yanvar). 2015-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „AFC Calendar of Competitions 2016“. AFC. 2017-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „La FIFA ratificó la distribución de plazas que corresponden a cada confederación“ (es). CONMEBOL.com (2014-yil 4-aprel).
  6. „Five from Asia set for Colombia“. FIFA.com (2016-yil 19-fevral). 2016-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.