Fuzayl maxdum - Abdugʻafurbek oʻgʻli, Hoji Abdulkarim (XIX-asrning soʻnggi choragi, Karmana — XX-asrning 30-yillari) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlaridan biri. Yirik ulamo sifatida Buxoro amirligida shuhrat qozongan. 20-asr boshlaridan Qrrateginda beklik qilgan.

Fuzayl Maxdum
Vafoti 1935-yil

Buxoro bosqinidan soʻng Sharqiy Buxoroga qizil armiya qismlari bostirib kelganida Fuzayl Maxdum Qorategin qoʻrboshisi sifatida Ibrohimbeknint asosiy oʻrinbosari hisoblangan. 1921-yilda uning koʻl ostida 3 ming yigitdan iborat 26 ta qoʻrboshilar dastalari harakat qilgan. U Qorategin va Sherobod muzofotlarida qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan. Fuzayl Maxdum 1921-yil martda Darvoz (markazi — Qalʼayi Xumb)ni ozod etib, bu yerda bolsheviklar hukmronligiga barham bergan.

Fuzayl Maxdum Garm shahrida miltiqsozlik, oʻqdori yasash, harbiy kiyimlar tikish ustaxonalari ochgan. U oʻzi boshqargan viloyat hududida mustaqil siyosat yuritgan. Sadriddin Ayniynint yozishicha, "Fuzayl Maxdum oʻz davlatini mustahkamlash uchun qogʻoz aqcha ham bosib chikargan".

Qorategin va Darvoz qizil askarlar tomonidan bosib olingach, 1923-yil avgust oyida Fuzayl Maxdum kichik miqdordagi askarlari bilan Afgʻonistonga oʻtib ketgan. Keyinchalik u bir necha marta Sharqiy Buxoro hududiga qaytib, qizil askarlarga keskin zarbalar bergan.

Keyinchalik Hoji Abdulkarim nomi bilan Sharqiy Turkiston (Qashqar)dagi milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan. XX-asrning 30-yillari oʻrtalarida u Qashqardagi sovet elchixonasiga topshirilgach, sovet rejimi tomonidan qatl qilingan.

Yana q.

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Sadriddin Ayniy, 2j., T., 1964; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

Qahramon Rajabov.