Fyodor Ivanovich Matveyev (1923-yil 30-dekabr, Novosibirsk viloyati – 1976-yil 12-aprel, Toshkent) – SSSR Harbiy dengiz floti 1-darajali kapitani, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945)[1].

Fyodor Matveyev
Tavalludi 30-dekabr 1923-yil
Karasyovo qishlogʻi, Novosibirsk viloyati
Vafoti 12-aprel 1976-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari pexota
Xizmatdagi yillari 19421974

Biografiyasi

tahrir

Fyodor Matveyev 1923-yil 30-dekabrda Karasyovo qishlogʻida (hozirgi Novosibirsk viloyatining Cherepanovskiy tumani) tavallud topgan. Maktabda yettinchi sinfini bitirgach, Oʻzbekiston SSRda yashagan va temir yoʻlda ishlagan. 1942-yilda Matveyev Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. Oʻsha yilning dekabr oyidan Ulugʻ Vatan urushi frontida xizmat qilgan. 1943-yil aprel oyida yaralangan[2].

Serjant Fyodor Matveyev 1944-yil may oyiga kelib 4-Ukraina frontining 51-armiyasi 997-piyoda polkining 1-pulemyot rotasiga qoʻmondonlik qildi. Sevastopolni ozod qilishda mardonavor harakatlari bilan ajralib turdi. 1944-yil 7-maydan 8-mayga oʻtar kechasi Matveyev otryadi dushman sim toʻsiqlari va minalangan maydonlardan oʻtishdi va shundan soʻng ular dushman xandaqlarini egallashga muvaffaq boʻlishdi. Uning rotasi nemis kolonnasini magʻlub etishda ishtirok etdi. 145 ta askar va ofitserni asirga oldi, shuningdek, 8 ta arava va 3 ta mashinani qoʻlga kiritdi. 1944-yil 9-mayda Sevastopolning kema tomonida boʻlgan janglarda faol ishtirok etdi. Oʻsha jangda Matveyev yarador boʻldi, lekin rota komandirini almashtirib, jangni davom ettirdi[3].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan „qoʻmondonlik topshiriqlarini namunali bajargani, nemis bosqinchilari bilan janglarda jasorat va qahramonlik koʻrsatgani uchun“ serjant Fyodor Matveyevga „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ unvoni berilgan. Fyodor Sovet Ittifoqi Qahramoni, Lenin ordeni va Oltin Yulduz medali sohibi boʻlgan.

Fyodor Ivanovich urush tugagandan soʻng, Chernigov piyodalar maktabini tugatdi va zaxiraga oʻtkazilgan. Vataniga qaytib, tuman komsomol qoʻmitasi kotibi boʻlib ishlagan. Matveyev 1951-yilda yana armiyaga chaqirilgan. U harbiy-siyosiy kurslarni tamomlagan. Qora dengiz flotida xizmat qilgan. Matveyev 1974-yilda 1-darajali kapitan unvoni bilan zaxiraga oʻtkazilgan. Avval Sevastopolda, keyin Toshkentda yashagan. 1976-yil 12-aprelda vafot etgan va Toshkentdagi Harbiylar qabristoniga dafn etilgan.

Shuningdek, Fyodor bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „МАТВЕЕВ ФЁДОР ИВАНОВИЧ“. 2023-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  2. „Fyodor Matveyev“ (ru). Герои страны.
  3. „Матвеев Фёдор Иванович“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.