Gʻalla poya burgasi
Gʻalla poya burgasi — gʻalla ekinlari (arpa, bugʻdoy, ayniqsa, bahori ekinlar) zararkunandasi. Boʻyi 1,6— 2,8 mm. Rangi qoramtir-bronza tusli, tuxumi bir oz choʻzinchoq. Lichinkasining boʻyi 5 mm ga yetadi, rangi oq. Tana boʻgʻimlari mayda xitin qalqonchalar bilan qoplangan. Zararkunanda qoʻngʻizlik davrida xazon va begona oʻsimliklar qoldiklari orasida qishlab, mart oyida qishlovdan chiqadi va aprelning ikkinchi oʻn kunligidan tuxum qoʻyishga kirishadi. 5—7 kundan soʻng tuxumdan chiqqan lichinkalar ekinlar poyasini kemirib ichiga kiradi va uning ichki qismi eti bilan oziqlanadi. Bitta lichinka bir necha poyani shikastlaydi. Zararlangan oʻsimlik barglari sargʻayib, qurib qoladi. Oziqlanib boʻlgan lichinkalar tuproqqa tushib, gʻumbakka aylanadi.
Kurash choralari: gʻallani er-taroq muddatlarda ekish, karate (0,2l/ga), sipi (0,2 l/ga) va boshqa kim-yeviy preparatlar eritmalarini purkash.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |