Gérard de Cortanze (1948-yil 22-iyulda Parijda tugʻilgan) – fransuz yozuvchisi, esseist, tarjimon va adabiy tanqidchi. 2002-yilda „Assam“ nomli tarixiy romani uchun „Prix Renaudot“ mukofotini qoʻlga kiritgan. 2009-yilda Faxriy legion ordeni bilan mukofotlangan[1].

Gérard de Cortanze

Gérard de Cortanze "Le Livre sur la Place" koʻrgazmasida (2022)
Tavalludi 22-iyul 1948-yil (1948-07-22) (76 yosh)
Ijod qilgan tillari Fransuz tili
Fuqaroligi Fransiya bayrogʻi Fransiya

Karyerasi

tahrir

Gérard de Cortanze Paul Auster, J.M.G. Le Clézio va Surrealizm tarixi boʻyicha insholar nashr ettirgan. U „Le Figaro“ jurnali bilan hamkorlik qilgan, shu bilan bir qatorda adabiyotshunoslik bilan shugʻullangan va 2005-yilda Gallimard tomonidan boshlangan Folio Biographies toʻplami uchun mas’ul shaxs boʻlgan[2].

Gérard meksikalik Jose Emilio Pacheco, nikaragualik Rubén Darío, Fransiyadagi argentinalik surgun Juan José Saer, ispan rassomi Antonio Sauraning (1930-1998) daftarlari va perulik shoir Cesar Vallejo (1892-1938) va chililik Vicente Huidobro (1893-1948) kabilarning sheʼrlari va asarlarini fransuz tiliga tarjima qilgan.

U 1995-yildan beri har yili oʻtkazib kelinadigan yevropalik yozuvchilarning fransuz tilida yozilgan yoki tarjima qilingan asarlarini mukofotlash uchun beriladigan Yevropa adabiyoti boʻyicha Jean-Monnet mukofoti hakamlar hay’ati raisidir.

Yozuvchining mukofotga sazovor boʻlgan „Assam“ asarida Fransiyaning Italiyaga bostirib kirishi paytida italiyalik aristokrat Aventino Roero Di Cortanze haqida hikoya qilinadi. Asarning birinchi boʻlimida uning bosqinchilikka javobi va urush sahnalaridagi ishtiroki tasvirlangan. Bu voqealar „Urush va tinchlik“ hamda „Red Badge of Courage“ asarlaridagi voqealarga oʻxshab ketadi. Ikkinchi boʻlimda esa doʻstining Britaniya va Xitoy oʻrtasidagi choy savdosiga boʻlgan qiziqishi tufayli Janubiy Osiyoga qilgan safari tasvirlangan. Uchinchi boʻlimda Aventino bosib olingan Italiyaga qaytadi. U gʻolib fransuzlar bilan hamkorlik qilish, avstriyaliklarga qoʻshilish (oʻz vatani Pyemontning anʼanaviy doimiy dushmanlari) yoki nafaqat Italiya birligini, balki mustaqil qarshilik harakatini – boshqacha aytganda, italyan partizanlar harakatini targʻib qilish oʻrtasida tanlov qilishi kerak boʻladi. Bu fransuz romanidagi hikoya, tabiiy ravishda, Fransiyaning XX asrda yirik kontinental kuch tomonidan bosqiniga uchrashi haqida savollarni keltirib chiqaradi.

Ishlari

tahrir

Romanlari

tahrir

Sheʼrlari

tahrir
  • Altérations, Éditions d’Atelier, 1973
  • Au seuil: La fêlure, PJO, 1974
  • U. Cenote, Alain Anseuw éditeur, 1980
  • Los Angelitos, Richard Sébastian Imprimeur, 1980
  • La Muerte solar, Pre-textos, 1985 (ISBN 9788485081660)
  • Jours dans l'échancrure de la nuque, Paris, La Différence, coll. " Littérature ", 1988, 219 p. ISBN 978-2-7291-0288-3
  • La Porte de Cordoue, Paris, La Différence, coll. " Littérature ", 1989, 143 p. ISBN 978-2-7291-0449-8
  • Le Mouvement des choses, Paris, La Différence, coll. " Clepsydre ", 1999, 189 p. ISBN 978-2-7291-1246-2. Prix SGDL-Charles Vildrac, 1999.

Badiiy asarlari

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir