Güvercinada
Güvercinada — Turkiyaning Aydin viloyatida joylashgan orol.
Kushadasi tumanida joylashgan orol quruqlikka sunʼiy yoʻl orqali bogʻlangan. Orolda Genuyaliklar tomonidan qurilgan, Kushadasining ramzi boʻlgan qalʼa bor[1]. 2020-yilda YuNESKO qalʼani Jahon merosining taxminiy roʻyxatiga kiritdi[1].
Tarix
tahrirButun Güvercinadani qamrab olgan Güvercinada qalʼasi tabiiy qoya ustida joylashgan. Tarixi XIII-XIV asrlarga borib taqaladi. Qalʼa XIX asr boshlarida Kushadasiga kelgan genuyaliklarga tegishli boʻlib, Usmonlilar imperiyasi davrida qayta tiklangan. Orol Usmonlilar davrida qaroqchilarga qarshi post sifatida xizmat qilganligi sababli, Qaroqchilar qalʼasi sifatida ham tanilgan[2].
Oroldagi ichki qalʼa va shahar 1533-yilda tashkil etilgan Cezayir-i Bahr-i Sefid viloyatining birinchi hokimi etib tayinlangan Barbaros Hayreddin Posho tomonidan qurilgan[3]. 1613-yilda Oʻkuz Mehmed Poshoga mulk qilib berilganidan soʻng Mehmet Posho Güvercinada qalʼasini taʼmirladi. XVI asrda Peloponnes qoʻzgʻoloni paytida shaharning tashqi va qalʼa atrofidagi devorlar vayron boʻlgan[3]. Qalʼa 1834-yilda taʼmirlanib, yana mustahkamlangan va 1957-yilda suv quruqlikka ulangan.
Qalʼa meʼmorchiligi
tahrirMinora
tahrirIlk sayohatnomalar va saqlanib qolgan chizmalarda orolda faqat kvadrat shaklidagi minora borligi aytilgan[4]. Minora oʻlchami 15,7x17,35 m. Minoraga kirish eshigi janub tomonda. Eshikga zinapoyali tuzilma orqali chiqiladi. Minoraning shimoli-sharqiy burchagidagi 22 pogʻonali zinapoya tomga ochiladi. Tomdagi yomgʻir suvini quyida joylashgan sardobalarga olib boradigan kanallar hozirda ishlamaydi.
Devorlar
tahrirGüvercinadada orolini oʻrab turgan devorlarning kengligi taxminan 3 metrni tashkil qiladi[5]. Orol uch yoʻnalishda tik qiyaliklarga ega boʻlgan tabiiy konus shaklida koʻtariladi. Devorlarning janubida qalʼaga kirish eshigi joylashgan boʻlib, unga sharqqa qaragan zinapoyalar orqali kiriladi. Shimol minorasi beshburchak, janubiy minorasi silindrsimon.
Yozuv
tahrirMinora eshigining chap tomonida devorga oʻrnatilgan eski turk tilidagi marmar yozuv lavhasi mavjud. Yozuv 1242-yilda (1826-yilda) yozilgan va 4 qator va 20 misradan iborat[6].
Flora
tahrirTülüşah
tahrirKushadasining endemik oʻsimliklaridan biri boʻlgan Tülüshah (Centaurea Mykalea), Güvercinada qalʼasidagi maxsus hududida himoya ostiga olingan[7].
Manbalar
tahrirVikiomborda Güvercinada haqida turkum mavjud |
- ↑ 1,0 1,1 „Trading Posts and Fortifications on Genoese Trade Routes from the Mediterranean to the Black Sea“ (İngilizce). UNESCO. 23 nisan 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 nisan 2020.
- ↑ „Güvercinada“. 22 temmuz 2020da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 3,0 3,1 „Kuşadası Güvercinada Kalesi“. Kusadasikulturelmiras.com sitesi. 29 eylül 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 temmuz 2020.
- ↑ „Kuşadası, Güvercinada Kalesi“. Sanat Tarihi Dergisi, Cilt 23, Sayı 2, Ekim 2014. 22 temmuz 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 temmuz 2020.
- ↑ „Güvercinada Kalesi - Aydın“. Türkiye Kültür Portalı sitesi. 22 temmuz 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 temmuz 2020.
- ↑ „Güvercinada Kalesi“. 22 temmuz 2020da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bir Dünya Güzeli; Aydın Gaşağı“. Aydınpost Gazetesi, 22 Haziran 2020. 23 temmuz 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 temmuz 2020.