Güzide Sabri Aygün
Güzide Sabri Aygün (1886—1946) – Usmonli imperiyasi va turk yozuvchisi boʻlib, Usmonli imperiyasining dastlabki ayol yozuvchilaridan biri hisoblanadi.
Güzide Sabri Aygün | |
---|---|
Tavalludi |
1886-yil |
Vafoti |
1946-yil Giresun, Turkiya |
Ijod qilgan tillari | Usmonli turk tili va Turk tili |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi, Turkiya |
Biografiyasi
tahrirU 1886-yilda Konstantinopolda Usmonli adliya vazirligi amaldori Solih Reshat va uning rafiqasi Nigar oilasida dunyoga kelgan. Uning Fotima Oliya va Amina Somiya ismli ikkita singlisi boʻlgan. Konstantinopolning Chamlicha mahallasida ulgʻaygan. Otasi lavozimidan chetlashtirilgach, Aygün oilasi bilan konstantinopoldan Anatoliyaga koʻchishga majbur boʻlgan[1]. Yoshligidayoq Ahmad Sabri Aygünga turmushga chiqqan[1]. Uyda taʼlim olgan. Xususiy oʻqituvchilaridan biri – Xo‘ja Tohir afandi tufayli adabiyotga qiziqib qolgan. Yozishni yoshligidanoq boshlagan. Biroq, qizning qiziqishlari tushunilmagan: unga sheʼr yozishni toʻxtatib, din oʻrganishga eʼtibor qaratish maslahat berilgan. Unga koʻrsatilgan bosimga qaramay, 1899-yilda Aygün oʻzining birinchi romanini yozgan. „Münevver“ deb nomlangan bu asar sil kasalligidan vafot etgan dugonasi xotirasiga bagʻishlangan. Roman „Xonimlarga maxsus“ gazetasida chop etilgan va tanqidchilarning eʼtirofiga sazovor boʻlgan. 1901-yilda roman kitob shaklida nashr etilgan va serb tiliga tarjima qilingan[1]. Güzidening eri uning mashhurligidan norozi boʻlib, nikohdan soʻng adabiy asarlar yozmaslikka vaʼda olgan. Güzideni oʻqitgan xususiy oʻqituvchilar ham uning yozuvchilik faoliyatiga qarshi chiqqanlar. Natijada, Güzide kechalari atrofdagilardan yashirincha yozishga majbur boʻlgan. Güzide turmushga chiqqanidan koʻp oʻtmay, uning eri vafot etgan[2]. Güzide Turkiyaning ilk ayol yozuvchilaridan biri sifatida tanilgan, ammo keyinchalik unutib yuborilgan[2]. 1946-yilda Giresun viloyatida hayotdan koʻz yumgan[1].
Ijodi
tahrirGüzidening koʻplab asarlari aslzoda oilalardan chiqqan yosh ayollar haqida boʻlib, uning qahramonlari oilaviy fojialar, baxtsiz muhabbat va sil kasalligidan vafot etish kabi qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Uning eng mashhur asari „Ölmüş Bir Kadının Evrak-ı Metrûkesi“ romanidir. Bu asar ikki marta, 1956 va 1969-yillarda ekranlashtirilgan. Metin Erksan tomonidan suratga olingan birinchi film feminist gʻoyalarni ilgari sursa, ikkinchisi oddiy romantik hikoya tarzida tasvirlangan[2]. Güzide qalamiga mansub jami 8 ta roman va bitta hikoyalar toʻplami nashr etilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Kuzucular, Şahabettin. „Güzide Sabri Aygün Hayatı ve Popüler Romancılığı“ (tr). Edebi Yad ve Sanat Akademisi (2012-yil 2-fevral). 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Güzide Sabri: ‘Letters of a Deceased Woman’“. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.