Gargi Vachaknavi (Sans: गार्गी वाचक्नवी (Devanagari) — qadimgi hind donishmasi va faylasufi. Vedik adabiyotida u buyuk tabiat faylasufi[1][2], veddalarning taniqli izohchisi[3] va Brahma Vidya haqida maʼlumotga ega boʻlgan Brahmavadini nomi bilan tanilgan[4]. Brihadaranyaka Upanishad yozuvlarining oltinchi va sakkizinchi Brahman asarlarida uning nomi mashhur boʻlib, Gargi Videha qiroli Janaka tomonidan tashkil etilgan brahmayajna falsafiy munozarsida qatnashadi va u donishmand Yagnavalkyaga atman (ruh) masalasi boʻyicha hayratlanarli savollar bilan eʼtiroz bildiradi[1]. Shuningdek, u Rigveda kolleksiyasida uning koʻplab madhiyalari borligi aytiladi[5]. U butun umri davomida turmush qurmagan va oddiy hindular tomonidan hurmatga sazovor boʻlgan[6][7].

Gargi, donishmand Vachaknuning qizi Garga (taxminan miloddan avvalgi 800 — 500-yillar) Gargi Vachaknavi deb atalgan. U yoshligidan vedik oyatlariga katta qiziqish uygʻotgan va falsafa sohalarida juda malakali boʻlgan. U vedda va upanishad asarlarini juda yaxshi bilgan va boshqa faylasuflar bilan intellektual munozaralar olib borgan.

Yagnavalkya bilan bahs

tahrir

Brihadaranyaka Upanishadning soʻzlariga koʻra, Videha qirolligi qiroli Janaka Rajasuya Yagna (muqaddas marosim) oʻtkazadi va Hindistonning barcha bilimdon donishmandlari, qirollari va malikalarini bu marosimda ishtirok etishga taklif qiladi. Yagna koʻp kunlar davom etadi. Yagna olovi atrofiga koʻp miqdorda sandal daraxti, sariyogʻ va arpa qoʻyiladi, bu maʼnaviy muqaddaslik va xushboʻylik muhitini yaratadi. Qirol Janaka olim sifatida koʻp sonli bilimdon donishmandlarning yig‘ilishidan hayratga tushadi. U elita olimlar guruhidan Brahman haqida yuqori maʼlumotga ega boʻlgan eng yetuk olimni tanlab olishni oʻylaydi. Shu maqsadda Janaka reja ishlab chiqadi va har bir sigirning shoxiga 10 gramm oltin bilan osilgan 1000 ta sigir mukofotini oʻrtaga qoʻyadi. Olimlar orasida taniqli donishmand Yagnavalkya va Gargi Vachaknavi ham bor edi[8]. Kundalini yoga sanʼatini puxta egallagani uchun yigʻilganlar orasida oʻzini eng maʼnaviy bilimga ega ekanini bilgan Yagnavalkya shogirdi Samsravaga sigirlar podasini uyiga haydashni buyuradi. Bu holat uni bahsda qatnashmasdan turib mukofotni qoʻlga kiritmoqda deb oʻylagan olimlarni gʻazablantiradi. Baʼzi mahalliy punditlar (ulamolar) oʻz bilimlariga ishonchlari komil boʻlmagani uchun u bilan bahsda ixtiyoriy ravishda qatnashmaydilar. Biroq, sakkizta taniqli donishmand Yagnavalkyani munozaraga chaqiradi, ular orasida yagona ayol boʻlmish Gargi ham bor edi.

Qirol Janaka saroyidagi ruhoniy Asvala, Artabhaga, Bhujyu, Ushasta va Uddalaka kabi donishmandlar Yajnavakalya bilan bahslashdilar va falsafiy mavzularda savollar berishadi, ularga Yagnavalkya ishonchli javoblar berib, ularni bahsda magʻlub qiladi. Keyin navbat Gargiga keladi[1]. Gargi bahsdagi munozarachilardan biri sifatida Yagnavalkya nega oʻzini olimlar orasida ustun deb hisoblashi haqida soʻroq qiladi. Gargi u bilan qayta-qayta bahslashadi[9][1]. Soʻng, Gargi oʻz yondashuvini oʻzgartiradi va unga dunyoda mavjud boʻlgan atrof-muhitga oid savollarni, barcha mavjudotning kelib chiqishi haqidagi savolni beradi.

U quyoshlar olami nima, oy, yulduzlar, xudolar, Indra va Prajapati haqidagi bir qator savollar bilan munozarani davom etadi. Gargi soʻradi[10]:

Ey, Yajnavalkya, osmon ustidagi, yer ostidagi, osmon va yer o'rtasidagi, odamlar o'tmish, hozir va kelajak deb ataydigan narsa nima?
Yagnavalakaya javob berdi: „Olam“

Nihoyat Gargi oxirgi savolini beradi: Brahman (oʻzgarmas dunyo) nima? Yagnavalkya Gargiga davom etmaslikni, aks holda u aqliy muvozanatini yoʻqotib qoʻyishini aytib bahsni tugatadi. Bu uzilish ularning olimlar anjumanidagi keyingi muloqotlariga nuqta qoʻyadi[1][11]. Biroq, bahs oxirida Gargi Yagnavalkyaning yuqori bilimiga tan berib, „Hurmatli brahmanlar, siz uning oldida taʼzim qilsangiz arziydi. Men ishonamanki, Brahman haqidagi har qanday bahsda uni hech kim magʻlub eta olmaydi.“[9]

Uning falsafiy qarashlari Chandogya Upanishadda ham qayd etilgan[1]. Gargi Brahmavadini sifatida Rigvedada bir nechta madhiyalar yozgan (X 39. V.28) barcha mavjudotning kelib chiqishini shubha ostiga qoʻygan[5][12][13]. Gargi Mithila qiroli Janaka saroyida Navaratnasning (toʻqqizta qimmatbaho tosh) biri sifatida sharaflangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Ahuja 2011.
  2. „Gargi“. University of Alabama Astronomy.
  3. Mani, Vettam. Puranic Encyclopaedia: A Comprehensive Dictionary With Special Reference to the Epic and Puranic Literature. Delhi: Motilal Banarsidass, 1975 — 348–9-bet. ISBN 0-8426-0822-2. 
  4. Banerji 1989.
  5. 5,0 5,1 Mody 1999.
  6. Kapur-Fic 1998.
  7. Kumar 2004.
  8. Great Women of India, Know India. Prabhat Prakashan, 2005 — 15-bet. ISBN 978-81-87100-34-8. 
  9. 9,0 9,1 Mookerji 1998.
  10. Carmody & Brink 2013.
  11. Glucklich 2008.
  12. „Gargi“. Indian Scriptures.com.
  13. History of People and Their Environs: Essays in Honour of Prof. B.S. Chandrababu. Bharathi Puthakalayam, 2011 — 198-bet. ISBN 978-93-80325-91-0. 

Havolalar

tahrir