Gʻafurjon qiziq Mamayusupov
Gʻafurjon qiziq Mamayusupov (1892, Uchqurgʻon tumani Qayqi qishlogʻi — 1965, Namangan) — xalq qiziqchisi. Otasi Mamayusuf Mamayunusov ashulachi va askiyachi boʻlgan. 15 yoshidan Normat ogʻiz toʻdasida qiziqchilik qilgan. 1911 — 1915 yillar Andijonda Rustam surnaychi toʻdasida, 1918—1920-yillar boshqa turli toʻdalarda faoliyat koʻrsatgan. 1923-yildan Namanganda xalq komediyalarida kulgili, xarakterli obrazlar yaratgan, baʼzan ayollar rolini oʻynagan, dor ustida ham qiziqchilik qilgan. Chust (1931—1933), Namangan (1938-1939) teatrlarida doirachi boʻlgan. Aʼzam qiziq, Orif garmon, Ibrohim qizik, Aka Buxor, Toʻra qiziqchilar bilan hamkorlikda ishlagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |