Gʻalaba choʻqqisi
Gʻalaba choʻqqisi (qirgʻizcha: Жеңиш чокусу, xitoycha: 托木尔峰, uygʻurcha: Томур) - Tyanshan togʻlaridagi eng baland choʻqqi. Balandligi 7439 m. Qaqshaltov tizmasida, Xontangri choʻqqisidan 20 km janubida. Yon bagʻirlarida yirik muzliklar bor. Gʻalaba choʻqqisiga birinchi marta (1938-yilda) A.A. Letavet boshchiligidagi ekspeditsiya chiqqan. 1943-yilda P.N.Rapasov boshchiligidagi ekspeditsiya choʻqqining haqiqiy balandligini aniqladi va unga Gʻalaba choʻqqisi deb nom berildi.
Gʻalaba choʻqqisi | |
---|---|
Gʻalaba choʻqqisi bazaviy lagerdan ko'rinishi | |
Boshqa nomi | (qirgʻizcha: Жеңиш чокусу, xitoycha: 托木尔峰, uygʻurcha: Томур) |
Koordinatalar | 42°02′15″N 80°07′30″E / 42.03750°N 80.12500°E |
Togʻ tizmasi | Tyan-Shan |
Choʻqqisi | 7439 |
Ilk koʻtarilishi | 1938 yoki 1956 (Sovet ekspeditsiyasi) |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |