Qizil Armiyaning fashistlar Germaniyasi ustidan qozongan g'alabasiga bag'ishlangan yodgorlik Isroil hukumati qarori va Rossiya hukumati roziligi bilan barpo etilgan[1].

G'alaba yodgorligi

Isroildagi g'alaba yodgorligi
Koordinatalari 32°18′08″ 34°50′36″
Joylashuv Isroil Isroil Netaniya
Binokor
  • Salavat Shcherbakov
  • Vasiliy Perfilyev
  • Mixail Naroditskiy
Qurila boshlagan 2011-yil
Qurilish tamomlangan 2012-yil
Vebsayt http://www.netanya.muni.il/?CategoryID=2453
Xarita
Koordinatalari 32°18′8.07″N 34°50′36.66″E / 32.3022417°N 34.8435167°E / 32.3022417; 34.8435167

Isroilning Qizil Armiya sharafiga yodgorlik qurish niyati haqida ilk bor 2010-yilning fevralida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Moskvada Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin bilan uchrashuvi chogʻida ma’lum qilgan edi. O'sha paytda, g'alabaning 65 yilligi nishonlanadigan yilda Rossiya tomoni uchun bu taklif kutilmagan taklifga aylangandi[2].

Yodgorlikni oʻrnatish variantlari muhokama qilib borildi. Moskvada uni Quddusda o'rnatish g'oyasi bildirildi, ammo bu variant muammoli deb rad etildi. Natijada ikki davlat vakillari Netanyada yodgorlik o'rnatishga qaror qilishdi[3].

Keyin koalitsiya raisi Zeev Elkin yodgorlik yaratish g'oyasini izohladi:

Ushbu tashabbusning qo'llab-quvvatlanishi Isroilning Sovet armiyasining fashizmni mag'lub etish va Sharqiy Yevropa yahudiylarini qutqarishdagi ulkan rolini qadrlashini ifoda etadi. Hech kimga sir emaski, koʻpchilik isroilliklar, jumladan, siyosatchilar hamon amerikaliklar oʻsha urushda gʻalaba qozonganiga ishonishadi... Menimcha, Netanyaxu yaqinda Sovet Ittifoqiga oʻrnatilgan haykal ochilishi haqidagi bayonot bilan yangi gʻoyalarni tezda idrok eta olishini yana bir bor namoyish etdi

.

2011-yil oktabr oyida yodgorlik loyihalarini baholash uchun Isroil-Rossiya qoʻshma komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kirdi: Isroildan - hukumat kotibi, bosh vazir devonining bosh direktori, ichki ishlari bo'yicha milliy shtab rahbari, Netanya shahri meri, Oliy ta'lim qo'mitasining ikki vakili, asosiy jamgʻarma raisi (Keren ha-Yesod), Tashqi ishlar vazirligi direktorining oʻrinbosari; Rossiyadan - Rossiyaning Isroildagi elchisi va Rossiya Federatsiyasi Ma'daniyat vazirligi vakili[4].

Yodgorlik loyihalari tanlovida rossiyalik mualliflar jamoasi g'olib chiqdi - Salavat Shcherbakov, Vasiliy Perfilyev, Mixail Naroditskiy[5][6]. Qurilish Netanyalik haykaltarosh Xen Vinkler tomonidan nazorat qilingan[7].


Yodgorlik loyihasi Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedev va Bosh vazir Vladimir Putinga 2011-yil mart oyida Moskvada tanlov gʻoliblari ishtirokida taqdim etilgan[8].

Keyin Zeev Elkin o'z nutqida quyidagilarni ta'kidalb o'tdi:

Bir qator sobiq Ittifoq respublikalarida (Gruziya, Oʻzbekiston va Boltiqboʻyi mamlakatlari) ozodlik askarlar yodgorliklari yo'q qilinishi fonida ruslar Sovet askarlarining jasorati yodga olinadigan davlatlar borligini koʻrishdan juda mamnun bo'lishsa kerak.

Yodgorlik 2012-yil 25-iyunda ochilgan. Marosimda Isroil prezidenti Shimon Peres va Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Netanya meri Miriam Fayerberg, boshqa rasmiy shaxslar va Ulugʻ Vatan urushi faxriylari ishtirok etishdi[9][10][11][12].

Tavsif

tahrir

Yodgorlik ikki qismdan iborat bo'lib, qora bunker va ikkita ulkan oq qanot bu zulmatdan yorug'likka o'tishni anglatadi va Qizil Armiyaning natsizm ustidan qozongan g'alabasini holocaustning tugashi va keyinchalik yahudiy davlatining tiklanishi bilan bog'laydi[13][14][15].

Ikkinchi jahon urushi qora bunkerda tasvirlangan. O'ng tomonda Yevropa yahudiylarining halokati, chap tomonda esa Ulug' Vatan urushi davridagi asosiy janglar tasvirlangan[16].

Kompozitsiyaning ikkinchi qismi g'alaba, umid va xotira ramzi bo'lgan ikkita oq qanotdan iborat. Allegorik ravishda, bu qism Turnalar bilan bog'liq. Boshqa bir versiyaga ko'ra, bu osmonga uchayotgan kaptarning oq qanotlari - tinchlik va ezgulik ramzi[17].

Yodgorlik O'rta yer dengizi sohilida, Isroilning halok bo'lgan askarlari uchun Yad le-Banim yodgorligi, Isroil artilleriyachilari haykali, Aleksandroni brigadasi yodgorligi va Slovakiyadan kelgan yahudiy qochqinlari yodgorligi ham kompozitsiyadan unchalik uzoq bo'lmagan joyda joylashgan.

Yodgorlikni qurish qiymati taxminan ikki million dollarni tashkil etdi. Bosh homiylar yodgorlik uchun 500 ming dollarga yaqin mablag' ajratgan Rossiya yahudiylari kongressi (RJK) va Isroilning Keren ha-Yesod milliy jamg'armasi edi[18].

Qizil Armiyaning fashistlar Germaniyasi ustidan qozongan g'alabasiga bag'ishlangan yodgorlik (Qizil Armiyaga bag'ishlangan qism):

Qizil Armiyaning fashistlar Germaniyasi ustidan qozongan g'alabasiga bag'ishlangan yodgorlik (Holocaustga bag'ishlangan qism):

Manbalar

tahrir
  1. arxiv nusxasi, 2013-02-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-07
  2. https://vesti.uz/2011-03-10-09-20-41/
  3. https://vesti.uz/2011-03-10-09-20-41/
  4. https://vesti.uz/2011-03-10-09-20-41/
  5. https://vesti.uz/2011-03-10-09-20-41/
  6. arxiv nusxasi, 2012-07-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-07-10
  7. https://ru.wikipedia.org/wiki/Мирьям_Файрберг_Икар
  8. arxiv nusxasi, 2012-07-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-07-10
  9. Мирьям Файрберг Икар. Обращение мера Нетании (недоступная ссылка). Муниципалитет Нетании. Дата обращения: 20 июня 2018. Архивировано 22 февраля 2014 года
  10. https://inosmi.ru/asia/20120614/193592967.html
  11. http://www.newsru.co.il/israel/25jun2012/net_201.html
  12. http://kremlin.ru/events/president/news/15727
  13. https://vesti.uz/2011-03-10-09-20-41/
  14. arxiv nusxasi, 2012-07-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-07-10
  15. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  16. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  17. https://vesti.uz/2011-03-10-09-20-41/
  18. arxiv nusxasi, 2013-02-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-07

Havolalar

tahrir