Gʻani Xoʻjayev
Gʻani Xoʻjayev (1906-yil 24-yanvar Qoʻqon, Fargʻona viloyati — 1976-yil 4-may Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — sovet davlat va iqtisodiyot arbobi.
Gʻani Xoʻjayev | |
---|---|
Toshkent temir yo‘l boshqarmasi boshlig‘i | |
Mansab davri 1941 – 1946-yillar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-yanvar 1906-yil Qoʻqon shahri |
Vafoti |
4-may 1976-yil (70 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrir1906-yil 24-yanvarda Qo‘qonda tug‘ilgan. 1931-yildan KPSS aʼzosi.
1921—1960-yillar oraligʻida Oʻrta Osiyo temir yoʻl tizimida telegrafchi, stansiya navbatchisi, stansiya boshligʻi, transport inspektori, Andijon transport boshqarmasi boshligʻi, boshliq oʻrinbosari, Toshkent temir yoʻl boʻlimi boshligʻi, Markaziy temir yoʻl boshligʻining birinchi oʻrinbosari kabi lavozimlarida xizmat qilgan. Chardjou — Qoʻngʻirot temir yoʻli qurilishi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR shahar va qishloq qurilish vazirligi vaziri[1].
SSSR Oliy Kengashining III chaqiriq deputati etib saylangan. 1976-yilda Toshkentda vafot etgan[2][3].