Gʻarbiy Ukraina Xalq Respublikasi

Gʻarbiy Ukraina Xalq Respublikasi (ukraincha: Західно-Українська Народна Республіка) ЗУНР yoki GʻUXR (1919-yil 22-yanvardan Ukraina Xalq Respublikasining g'arbiy viloyatlari (ukraincha: Західні області Української Народної Республіки ЗОУНР yoki UXRGʻM) — sobiq Avstriya-Vengriya hududida 1918-yil oxiridan 1919-yil boshigacha o'zini o'zi mustaqil ddb e'lon qilgan Ukraina davlati. Poytaxti avval Lvov, keyin Ternopol (1918-yil noyabrdan 1919-yil yanvargacha), keyin esa Stanislavov (hozirgi Ivano-Frankivsk) shaharlari boʻlgan.

Gʻarbiy Ukraina Xalq Respublikasi
ukraincha: Західно-Українська Народна Республіка) ЗУНР


1-noyabr 1918-yil — 16-iyul 1919-yil



 

 

 

Bayroq Gerb
Shiori
ukraincha: Ще не вмерла України
[[Fayl:|]]
Poytaxti Lvov (1918-yil 21-noyabrgacha)
Ternopol (1918-yil oxiri)
Stanislavov (Ivano-Frankovsk)
Zalisheki (1919-yil iyunning boshida)
Til(lar)i ukraincha
Dini provaslav, katolik
Aholisi ukrainlar, polyaklar, yahudiylar, nemetslar, chexlar
Boshqaruv shakli Prezidentlik respublikasi
 - 1918 Kost Levitskiy
 - 1919 Yevgan Petrushevich

Demografiya tahrir

1910-yilda GʻUXR oʻz nazoratini oʻrnatishga umid qilgan hududdagi aholi soni 5,4 million kishini tashkil etgan, shu jumladan 60% ukrainlar va ruslar, 25% ga yaqin polyaklar, 12% ga yaqin yahudiylar, shuningdek nemislar, chexlar va boshqa millat vakillari.[1] Poytaxt Lvovda ukrainlar aholining 22% ni, polyaklar va yahudiylar esa aholining 60% dan ortigʻini tashkil qilgan[2]. Shuning uchun Lvov uzoq vaqt Polshaning eng muhim shaharlaridan biri hisoblanardi. Shu munosabat bilan GʻUXR va Polsha oʻrtasida ziddiyat kelib chiqishi muqarrar edi.

Timsoli tahrir

GʻUXR gerbi geraldik oʻng tomonga qaragan koʻk maydondagi oltin sher edi. Bayroq koʻk va sariq rangli ikkita gorizontal chiziqdan iborat edi.

Til siyosati tahrir

GʻUXR qisqa muddat mavjud boʻlishiga qaramay, uning hokimiyat organlari ukrainlashtirishga qaratilgan bir nechta qoidalarni qabul qilishga muvaffaq boʻlishdi. 1919-yil fevral oyida Ukraina Milliy Kengashi barcha maktablarni (davlat, oʻrta, gimnaziyalar va boshqalar) davlat maktablari, oʻqitish tilini esa ukrain tilini deb eʼlon qilingan ikkita qonunni qabul qildi[3]. Ukraina tili ham davlat tili deb eʼlon qilindi. 1919-yil mart oyida oʻgʻfaqat ukrain tilini biladigan fuqarolar davlat organlarida xizmat qilishlari mumkinligi trisida koʻrsatma chiqarildi[4]. Milliy ozchiliklarga oʻz ona tilida davlat muassasalariga murojaat qilish erkinligi, shuningdek, unda oʻqish huquqi kafolatlari berildi. Barcha boshlangʻich maktablarda nemis tilini majburiy oʻqitish bekor qilindi va majburiy ukrain tili joriy etildi (milliy ozchilik maktablarida esa 3-sinfdan boshlab)[5].

== Tarixi == Birinchi jahon urushidan oldin Ukraina yerlarining katta qismi Avstriya-Vengriya tarkibiga kirgan. Birinchi jahon urushida Avstriya-Vengriya va Germaniya magʻlubiyatga uchragach, Avstriya-Vengriyaning parchalanishi boshlandi. 1918-yil 7-oktabrda Varshavadagi Regent kengashi Polsha mustaqilligini tiklash rejasini eʼlon qildi va 9-oktabrda Avstriya parlamentining polshalik deputatlari Rechi Pospolitaning sobiq yerlarini, shu jumladan Galitsiyani Polshaga birlashtirishga qaror qildilar. Bunga javoban, ertasi kuni (10-oktabr) Yevgeniy Petrushevich boshchiligidagi Ukraina fraksiyasi Lvovda Ukraina Milliy Kengashi (UMK) Avstriya-Vengriyadagi ukrainlar parlamentini chaqirishga qaror qildi. Ushbu kengash 18-oktabrda tuzilgan. Petrushevich uning raisi hisoblangan, ammo oʻzining diplomatik faoliyatini Venada olib borgan. Aslida, ishlar Kost Levitskiy boshchiligidagi kengashning Galitsiya delegatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash Galitsiya, Bukovina va Karpatorti hududida Ukraina davlatini tuzishni oʻz maqsadi deb eʼlon qildi. Kengashning asosiy suyangan kuchi Avstriya-Vengriya qurolli kuchlarining Ukraina milliy boʻlinmalari — Sich oʻqchi polklari edi. Shu bilan birga, ushbu bahsli hududlar aholisining 25 foizini tashkil etgan polyaklar, butun Galitsiyani Polsha yerlari deb hisoblashga odatlangan va uni Polshaga qoʻshilishidan umidvor edilar. Krakovda tuzilgan Polsha tugatish komissiyasi (imperiyaning Polsha hududlari uchun) Lvovga koʻchib oʻtishni maqsad qilgan va u yerda polyaklarning Avstriya-Vengriya viloyatlarini (Kichik Polsha va Galitsiya) qayta tiklangan Polshaga qoʻshib olinishini eʼlon qilishni maqsad qiladi.[6]

Ukraina davlatining e'lon qilinishi 3-noyabrga belgilangan edi.[7] Biroq Krakov komissiyasining rejalari haqidagi xabar ukrainaliklarni shoshilishga majbur qildi.

Polyaklar qoʻzgʻoloni tahrir

 
Kost Levitskiy

1918-yil 11-noyabrga oʻtar kechasi Sich oʻqchi boʻlinmalari (Avstriya armiyasidagi Ukraina milliy bo'linmalari) Lvov, Stanislavov, Ternopil, Zolochev, Sokal, Rave-Ruskoy, Kolomiya, Snyatin va Pechenejinda UXK hokimiyatini eʼlon qildi. Shu zaxotiyoq, Lvovda polyaklar qoʻzgʻoloni boshlandi.

Lvovdagi Avstriya gubernatori hokimiyatni UXK tomonidan tan olingan vitse-gubernator Volodimir Detskevichga topshirdi. 3-noyabr kuni UXK Galisiya mustaqilligi toʻgʻrisida manifestni eʼlon qildi. UXK Galitsiya, Bukovina va Karpatorti hududida Ukraina davlatini tuzish to'g'risida deklaratsiya qabul qildi (garchi aslida GʻUXRning kuchi butun sharqiy Galitsiyaga ham, Karpatorti va Bukovina hududiga ham tarqalmagan).

Polsha-Ukraina urushi tahrir

1918-yil 1-noyabrda Lvovdagi ukrain qoʻshinlarining qurolli qoʻzgʻoloni bilan Polsha-Ukraina urushi boshlandi. 6-noyabrga kelib, Lvov aholisining ko'p qismini tashkil etgan va Polsha davlatidan boshqa hech qanday davlatning bir qismi bo'lishni istamagan polyaklar shaharning yarmidan ko'pini nazorat ostiga olishdi. Ana shunday notinch vaziyatda 1918-yil 13-noyabrda GʻUXR e'lon qilindi va uning hukumati - Konstantin Levitskiy[8] boshchiligidagi Davlat kotibiyati tuzildi. Xuddi shu kuni Galitsiya armiyasi tuzildi.

21-noyabr kuni Polsha qoʻshinlari Lvovni egallab olishdi va GʻUXR rahbariyati Ternopilga qochishga majbur bo'ldi. Yosh respublikaning pozitsiyasi juda qaltis edi — 1-noyabr kuni Ruminiya qo'shinlari Bukovinaning poytaxti Chernovtsi shahriga kirishdi va 6-noyabrda hokimiyat UXK mintaqaviy qo'mitasi qõl ostiga o'tdi. 1919-yil 15-yanvarda esa Karpatorti poytaxti Ujgorod Chexoslovakiya qo'shinlari tomonidan bosib olindi.

Kengash saylovi tahrir

 
  Avstriya-Vengriyaning shimoli-sharqiy qismidagi rutenlar (ukrainlar) yashaydigan hududlar, 1911-yil

1918-yil 22-noyabrdan 25-noyabrgacha Ukraina Xalq Kengashining (UXK) 150 a'zoligi uchun saylovlar bo'lib o'tdi, u qonun chiqaruvchi organ sifatida faoliyat kõrsatishi kerak edi. O'rinlarning deyarli uchdan bir qismi milliy ozchiliklar (birinchi navbatda polyaklar va yahudiylar) uchun ajratildi. Deputatlarning deyarli 10% ni tashkil qilgan yahudiylardan farqli o'laroq, polyaklar saylovlarni boykot qildilar.

Parlament saylovi tahrir

1918-yil 1-dekabrda Fastov shahrida Gʻarbiy Ukraina Xalq Respublikasi va Ukraina Xalq Respublikasi delegatlari ikkala Ukraina davlatini bitta davlatga birlashtirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar.

 
GʻUXR Markasu

1919-yil 3-yanvarda UXKning (Stanislavovda) birinchi sessiyasi boshlandi, unda Yevgen Petrushevichning prezidentlik vakolatlari tasdiqlandi. Shunday qilib, u davlat rahbari bo'ldi. Bundan tashqari, UXR bilan qo'shilish shartnomasi ratifikatsiya qilindi.

4-yanvarda Sidor Golubovich boshchiligidagi GʻUXR doimiy hukumati tuzildi.

21-yanvar kuni Karpatortining Xust shahrida Karpatorti umumxalq qurultoyi boʻlib oʻtdi, unda Markaziy Ukraina Xalq Kengashi (UXK) saylandi va Karpatortining UXRga qoʻshilishi toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi, lekin ushbu qoʻshilish amalga oshmadi.

Urush boʻlishiga qaramay, GʻUXR Ukraina va Polsha mutaxassislaridan foydalangan holda urushdan oldingi Avstriya maʼmuriy tizimining barqarorligini ta'minlashga harakat qildi. GʻUXR qonunlari qabul qilinib, ularga koʻra yirik yer egalarining yerlari tortib olinib, yersiz dehqonlar oʻrtasida boʻlindi. Bundan tashqari, 1919-yil bahorida 100 mingga yaqin askar safarbar qilingan, ammo qurol-yarogʻ yetishmagani uchun ulardan faqatgina 40 ming nafari janglarda qatnashishga tayyor edi.

Zluka akti tahrir

 
Yevgen Petrushdvich

1919-yil 22-yanvarda Kievda Gʻarbiy Ukraina Xalq Respublikasining Ukraina Xalq Respublikasi bilan birlashtirilganligi (Zluka akti) tantanali ravishda eʼlon qilindi. GʻUXR keng avtonomiya asosida UXR tarkibiga kirishi kerak edi, natijada u "Ukraina Xalq Respublikasining Gʻarbiy mintaqasi" (UXRGʻM) deb oʻzgartirildi.

Shu bilan birga, Galitsiya armiyasi Karpatortiga yurish qildi (1919-yil 14-23-yanvar), lekin chexlar tomonidan magʻlubiyatga uchratildi.

16-fevralda Galitsiya armiyasi Lvovni nazorat qilgan Polsha armiyasi guruhini oʻrab olish uchun "Volchuxov operatsiyasi" ni boshladi. 18-martga kelib, operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi va polyaklar oʻzlari UXRGʻM sharqiga hujum boshladilar.

Respublikadagi ogʻir vaziyat tufayli 9-iyun kuni Golubovich hukumati isteʼfoga chiqdi va butun hokimiyat diktator unvonini olgan Yevgeniy Petrushevichga oʻtdi.

1919-yil iyun oyining boshiga kelib, deyarli butun UXRGʻM Polsha, Ruminiya va Chexoslovakiya tomonidan bosib olindi. Galitsiya armiyasi faqat Zbruch daryosining oʻng qirgʻogʻini, UXRGʻM va UXR oʻrtasidagi sharqiy chegarani nazorat qilardi. 7-iyunda Galitsiya armiyasi "Chortkov hujumi"ni boshladi, natijada UXRGʻM qo'shinlari 24-iyungacha Lvov va Stanislavovga yaqinlashib, Ternopolni egallab oldilar. Biroq, 28-iyun kuni Polsha qarshi hujumi boshlandi va 16-iyulga kelib, Galitsiya armiyasi oʻzining 7-iyun holatidagi pozitsiyalariga qaytarildi. Galitsiya armiyasini Zbruchning chap qirgʻogʻiga shoshilinch evakuatsiya qilish boshlandi va shu bilan 1919-yil 18-iyulda Galitsiya armiyasi UXRGʻM hududi ustidan nazoratni butunlay yoʻqotdi. Magʻlubiyatga uchragan qoʻshinlarning bir qismi Chexoslovakiyaga qochib ketdi, u yerda "Ukraina brigadasi" nomi bilan mashhur boʻldi, ammo 50 mingga yaqin jangchilardan iborat armiyaning asosiy qismi Ukraina Xalq Respublikasi hududiga o'tdi. 1919-yil oxirida Petrushevich "Zluka qonuni"ni bekor qildi. Tez orada uning hukumati Ruminiya orqali Venaga koʻchib o'tdi.

Tugatilishi tahrir

1920-yil 21-aprelda Polsha va UXR oʻrtasidagi chegara Zbruch daryosi boʻylab oʻtishi kerakligiga kelishib oldilar. Biroq, oʻsha paytda Petlyura mustaqil kuchiga ega bõlmay qoldi va faqat Polsha yordami bilan mavjud boʻlishi mumkin edi. Ikki oydan soʻng (Ukrainada polyaklar magʻlubiyatga uchragach) UXR tugatildi. 1921-yilning ikkinchi yarmida Polshaga qarshi urushda Qizil Armiyaning Varshava va Zamost yaqinidagi magʻlubiyati natijasida sobiq GʻUXRning bundan avval Chexoslovakiya va Ruminiya tarkibiga kirgan yerlardan tashqari deyarli barcha yerlari Polshada qoldi.

Millatlar Ligasi oʻzining 1921-yil 23-fevraldagi qarorida Sharqiy Galitsiya Polsha harbiylari tomonidan bosib olinganligini tan oldi va Varshava rahbariyatining Ukrainaga qarshi siyosatini qoraladi. Biroq, 1923-yilda avval Antanta elchilari kengashi, keyin esa Millatlar Ligasi Galitsiya yerlarining Polshaga kirishini hech qanday shartlarsiz tan oldi. Shu munosabat bilan Yevgeniy Petrushevich 1923-yil may oyida surgundagi GʻUXR hukumatini tarqatib yubordi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va missiyalarni tugatdi.

Gallireya tahrir

Yana qarang tahrir

  • Karpat Ukrainasi
  • G'arbiy va Yuqori Dnepr Ukrainasi hukumatlari o'rtasidagi munosabatlar Zluka akti arafasida
  • UXR va GʻUXRni birlashtirish akti

Manbalar tahrir

  1. Tadeusz Dąbkowski, Ukraiński ruch narodowy w Galicji Wschodniej 1912—1923, s. 28-29, 71, na podstawie spisu ludności z 1910.
  2. Przewodnik po Lwowie i okolicy, Lwów 1910, s. 48.
  3. Борисенок Е. Ю. Концепции «украинизации» и их реализация в национальной политике в государствах восточноевропейского региона (1918—1941 гг.). Диссертация на соискание ученой степени доктора исторических наук. — М., 2015. — С. 206. Режим доступа: http://www.inslav.ru/sobytiya/zashhity-dissertaczij/2181-2015-borisenok
  4. Борисенок Е. Ю. Концепции «украинизации» и их реализация в национальной политике в государствах восточноевропейского региона (1918—1941 гг.). Диссертация на соискание ученой степени доктора исторических наук. — М., 2015. — С. 206—207. Режим доступа: http://www.inslav.ru/sobytiya/zashhity-dissertaczij/2181-2015-borisenok
  5. Борисенок Е. Ю. Концепции «украинизации» и их реализация в национальной политике в государствах восточноевропейского региона (1918—1941 гг.). Диссертация на соискание ученой степени доктора исторических наук. — М., 2015. — С. 207. Режим доступа: http://www.inslav.ru/sobytiya/zashhity-dissertaczij/2181-2015-borisenok
  6. Russia And Ukraine. McGill-Queen's University Press, 2001 — 206 bet. ISBN 0-7735-2234-4. 
  7. Encyclopedia of Ukraine, vol. 5, 1993 entry written by Andrzej Chojnowski
  8. State Secretariat of the Western Ukrainian National Republic Encyclopedia of Ukraine, (1993) vol. 5

Adabiyotlar tahrir

Havolalar tahrir