"G'aroyib doktor" (Ingliz. The Good Doctor) — rejissor Devid Shor tomonidan 2013—yilda xuddi shu nomdagi Janubiy koreya dramasi asosida suratga olingan Amerikaning tibbiyotga dramatik teleseriali. Serial premyerasi 2017—yil 25-sentabrda ABC[5] telekanalida boʻlib oʻtdi.

The Good Doctor
The Good Doctor logo 2.svg
Serialning logotipi
Turi Teleserial
Janri tibbiy drama
Muallif(lar) Devid Shor
Asoslangan Yaxshi doktor Pak Je Bum
Yaratuvchi(lar) Set Gordon
Ssenariy muallifi Devid Shor
Rejissor Deniel De Kim
Rollarda
Tematik musiqa bastakori Dan Romer
Mamlakat
Til(lar) Inglizcha
Mavsumlar soni 5
Qismlar soni 94
Ijrochi produser(lar)
Produser(lar)
Qism davomiyligi 41-44 daqiqa
Ishlab chiqaruvchi kompaniya(lar)
  • EnterMedia Contents[1]
  • Shore Z Productions 3AD
  • ABC Studios[2]
  • Sony Pictures Television[3]
Efirga uzatilishi
Telekanal ABC[4]
Tasvir formati
Premyera sanasi 25-sentabr, 2017-yil(2017-09-25) — hozirgacha

2017—yil 3-oktabrda ABC serialni toʻliq mavsum efirga uzatdi, oxirgi 18-epizod 2018-yil 26-martda namoyish etildi. Ikkinchi mavsum 2018-yil 24-sentabrda efirga chiqdi. 2019-yil 5-fevralda ABC serialni uchinchi mavsum efirga uzata boshladi[6]; birinchi epizod premyerasi 2019-yil 23-sentabrda boʻlib oʻtdi. 2020-yil fevral oyida serial toʻrtinchi mavsum sahnalashtirildi. 2021-yil may oyida serial beshinchi mavsum ekran yuzini ko'rdi. Uning premyerasi 2021-yil 27-sentabrda boʻlib oʻtdi[7]. 2022-yil 30-martda kanal teleserialni oltinchi faslini namoyish etdi[8].

Rossiyada birinchi mavsumning premyerasi 2017-yil 26-sentabrda Amediateka onlayn xizmatida va 2017-yil 29-sentabrda Amedia Premium[9] telekanalida bo'lib o'tdi.

MazmuniTahrirlash

Serial Shon Merfi (ingliz aktyori Freddi Xaymor) haqida hikoya qiladi — Shon autizm tashxisi qo'yilgan yosh jarroh, baxtsiz bolaligini o'tkazgan kichik shaharchani tashlab San–Xosega ko'chib o'tadi va San-Xosedagi San-Bonaventure kasalxonasining nufuzli jarrohlik bo'limiga ishga kiradi. U o'zining tabiiy iste'dodini bemorlarning hayotini saqlab qolish va hamkasblarining shubhalariga qarshi kurashish uchun ishlatadi; bunda unga ustozi va do'sti Aaron Glassman (Richard Shiff) yordam beradi[10].

RollardaTahrirlash

Aktyor Personaj Mavsum
1 2 3 4 5
Freddie Highmore Doktor Shon Myorfi To'liq
Nicholas Gonzalez Doktor Melendes To'liq qisman
Antonia Thomas Doktor Braun To'liq Qisman
Chuku Modu Doktor Jared Kalu To'liq[lower-alpha 1]
Garret Bo Jessika Preston To'liq To'liq
Iren Ken Doktor Eli Maklen Doimiy[lower-alpha 2]
Hill Harper Doktor Endryus To'liq
Richard Schiff Doktor Aaron Glassman To'liq
Tamlyn Tomita Аллегра Аоки To'liq[lower-alpha 3] Qisman
Will Yun Lee Doktor Aleks Park Qisman To'liq
Fiona Gubelmann Doktor Morgan Reznik Qisman To'liq
Christina Chang Doktor Odli Lim Qisman To'liq
Paige Spara Лея Дилалло Qisman To'liq
Jasika Nicole доктор Карли Левер Qisman To'liq
Bria Samoné Henderson Doktor Jordan Allen Qisman To'liq
Noah Galvin Doktor Asher Uolk Qisman To'liq
Osvaldo Benavides Doktor Mateo Rendon Osma Qisman To'liq
  1. Modu ikkinchi mavsumning birinchi epizodigacha bosh qahramon sifatida qayd etilgan.
  2. Ken faqat serialning birinchi epizodida paydo bo'ladi, lekin bosh qahramon sifatida ro'yxatga olingan..
  3. Tomita birinchi epizodda qisman ishtirok etganidan so'ng, birinchi mavsumning ikkinchi qismidan bosh qahramonga ko'tarildi.


Serial yaratilishiTahrirlash

Serial 2017-yil 11-mayda buyurtma qilingan[11]. Serialning omadli chiqishidan so'ng uning yangimavsumi suratga olindi. 2018-yilning may oyida ABC serial muvaffaqiyatidan soʻng ikkinchi mavsumga buyurtma berdi. 2019-yil 5-fevralda ABC serialni uchinchi mavsumini efirga uzatdi. 2020-yil fevral oyida serial toʻrtinchi mavsumi efirga chiqdi.

Serialga munosabatTahrirlash

Rotten Tomatoes agregator veb-saytida G'aroyib doktor 43 ta sharh asosida o'rtacha 5,65/10 ball bilan 63% yangi reyting oldi. Metacriticda serial tanqidchilarning 15 ta aralash va o'rtacha sharhlariga asoslanib, 100 balldan 53 ballga ega[12].

ManbalarTahrirlash