Gʻayrat Safarov
Gʻayrat Shavkatovich Safarov (tugʻ. 27-yanvar 1974-yil, Termiz tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek muhandisi va siyosatchisi. III va IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.
Gʻayrat Safarov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
27-yanvar 1974-yil Termiz tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi |
Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
Biografiyasi
tahrirGʻayrat Safarov 27-yanvar 1974-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2011-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisliklari: gidrotexnik, davlat boshqaruvi[1].
Mehnat faoliyatini 1996-yilda „Surxon“ mexanizatsiyalashgan koʻchma yigʻish uchastkasi boshligʻi lavozimidan boshlagan. 2003-2007-yillarda „Toshkent qurilish boshkarmasi gidromexanizatsiyalash“ boshqarmasi boshligʻi, 2007-2008-yillarda „Surxon-Sherobod“ irrigatsiya tizimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2008-2009-yillarda Surxondaryo viloyati „Termizdavsuvmaxsuspudrat“ davlat unitar korxonasi direktori, 2009-2010-yillarda Bandixon viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2010-2013-yillarda — Surxondaryo viloyati hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik va obodonlashtirish masalalari kompleksi kotibiyati mudiri. 2013-2015-yillarda „Qishloq qurilish invest“ injiniring kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyati Surxondaryo viloyati filiali direktori, 2017-2018-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi bosh inspektori. 2018-yildan Surxondaryo viloyati „Toza hudud“ davlat unitar korxonasi direktori[2].
2019-yilda Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasidan Surxondaryo viloyatining 77-sonli Angora saylov okrugidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
- ↑ „Кандидаты“ (ru). elections.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „331-IV-сон 10.06.2020. О создании межпарламентской группы Олий Мажлиса Республики Узбекистан по сотрудничеству с Парламентом Арабской Республики Египет“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-may.