Gʻazalkent gidrouzeli

(Gʻazalkent Gesdan yoʻnaltirildi)

Gʻazalkent gidrouzeli — Chirchiq daryosidagi gidrotexnika inshooti. 1940-yilda qurilgan. Toʻgʻonning umumiy uzunligi 544 m. Toʻgʻon ostonasi daryo oʻzanidan 1,5 m yuqorida qurilgan. Toʻgʻon 115° burchak ostida qurilgan toʻsiqli va tuproqli qismlan iborat. Toʻsiqli qismining uzunligi 94 m; har birining eni 14 m dan boʻlgan 5 darvozadan iborat. Toʻgʻon darvozalari toʻliq ochilganda sekundiga 2300 m³suv oʻtadi. Uning oʻng qismida Tovoqsoy GES kanaliga suv chiqargich — rostlagich qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi 260 m’/sek. Kanalga ketadigan suvdagi oqiziqlarni ushlab qolish uchun uning bosh qismiga 125,8 × 130 m oʻlchamli 6 kamerali tindirgich qurilgan. Toʻgʻon ostonasi 2 pogʻonali boʻlib, yuqorigi pogʻona ochilsa, tindirgichga quyiladi, pastki pogʻona ochilsa, tindirgichga yigʻilib qolgan oqiziq choʻkin-dilar oʻlchami 1,7 × 3,5 m li 6 ta maxsus tuynuk orqali uzunligi 300 m, eni 10 m, qiyaligi 0,005 m boʻlgan kanalga chiqarib tashlanadi. Suvning tezligi 7- 9 m/sek. boʻlganda tuynuklar sekundiga 280 m³ suv oʻtkazadi. Toʻgʻonda daryoda suzib keladigan muz parchalarini oʻtka-zib yuborish uchun balandligi 7 m li darvoza bor. Tuproqli toʻgʻon toʻsiqli toʻgʻonning davomi boʻlib, uzunligi 450 m. Toʻgʻonning chap qismida yangi kanalga suv chiqaruvchi rostlagich qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi sekundiga 2,5 m³. Daryoning chap qirgʻogʻiga damba va toʻsiqlar qurilgan (qarang Gʻazalkent GES).[1]

Gʻazalkent gidrouzeli (janubiy qismi)
Yuqori Derivasiya kanali Gʻazalkent gidrouzelida


Manbalar

tahrir
  1. "Gʻazalkent gidrouzeli" OʻzME. Gʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil