Gʻisht koʻprik masjidi
Gʻisht koʻprik masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Gʻisht koʻprik masjidi
Gʻisht koʻprik masjidi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Xudoyqul domla Roʻzanov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirGʻisht koʻprik masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Gʻisht koʻprik nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Sulola koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Xudoyqul domla Roʻzanov boʻlib, ushbu masjidga Gʻisht koʻprik nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Sulola koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan hududlardan, jumladan, Chimboy koʻchasi, Sarke koʻchasi, I. Qorakulovoy koʻchasi, Abay koʻchasi, Beshbarmoq koʻchasi, S. Maulenova koʻchasi, Gʻisht koʻprik koʻchasi, Sanoat koʻchasi, Gulsanam mahalla fuqarolar yigʻini, Taraqqiyot koʻchasi, Mustaqillik koʻchasi, Qashqarlik koʻchasi, Madaniyat koʻchasidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.
Tarixi
tahrirGʻisht koʻprik jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Mazkur masjid turli yillar davomida, bir necha marotoba qayta bunyod etilgan. Masjidga mahalliy aholi vakillari va Toshkent viloyati musulmonlar idorasi tomonidan ushbu hududning nomi berilgan. Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „ҒИШТ КЎПРИК ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „G‘isht ko‘prik jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.