Gʻoʻza tunlami, koʻsak qurti (S1opyoyea o§o1eTa Gʻ. yoki NeIo.1.18 aptp§ega N.) — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Paxta ekiladigan mamlakatlarda tarqalgan. Gʻoʻza tunlamining qurti 120 dan ortiq oʻsimlik turini zararlaydi, ayniqsa, Tojiknston, Oʻzbekiston va Ozarbayjonda katta zarar yetkazadi. Qanotlari yoyilganda 30–40 mm; oldingi qanoti kulrang sariq, buyraksimon, yumaloq dogʻli, orqa qanoti sargʻimtiroq, qoʻngʻir hoshiya-li, oʻrtasida toʻq rangli oysimon dogʻlari bor. Erkagi urgʻochisiga nisbatan ochiqroq rangda. Tuxumi och sargʻish, oʻziga xos radial "qobirgʻalari" bor. Qurtining rangi och yashildan to qiz-gʻish-qoʻngʻirgacha, uz. 35–40 mm; boshi sariq, koʻkrak qalqoni marmarsimon naqshli. Tanasi boʻylab uchta keng yoʻl oʻtadi, qorni oqish. Gʻumbagi qizgʻish-jigarrang, uz. 15–20 mm. Gʻoʻza tunlamining gum-bagi tuproqda 10—15 sm chuqurlikda qishlaydi. Havo harorati oʻrtacha 18— 20° boʻlganda gumbakdan kapalaklar yoppasiga uchib chiqa boshlaydi. Oʻrta Osiyoda birinchi avlod kapalaklarining uchib chiqishi 1 —1,5 oy (apr.may) davom etadi. Gʻoʻza tunlami gʻoʻzaga shonalash boshlanganda oʻta boshlaydi, ungacha birinchi boʻgʻin pomidor, noʻxat, makkajoʻxori va begona oʻtlar (bangidevona, gʻoʻzor)da rivojlanadi. Kapalaklar oʻsimlik bargi va hosil organlariga 1—3 tadan tuxum qoʻyadi. Bitta urgʻochi kapalak oʻrtacha 500, baʼzan esa 1000 gacha tuxum qoʻyishi mumkin. Yoz oylarida bir avlodning rivojlanishi uchun 25—35 kun kifoya. Oʻrta Osiyoda 3—4 avlod beradi. Yosh barglar, shona va gʻunchalarni, yosh koʻsaklarni yeydi (ikkinchi nomi ham shundan). Bitta qurt 10—24 hosil elementiga zarar yetkazishi mumkin.

Kurash choralari: Agrotexnik kurash tadbirlaridan chilpish davrida chilpilgan qismni yigʻishtirib, daladan tashqariga chiqarib tashlash, zararlangan makkajoʻxorilarni silos uchun sut — dumbul davri boshlaridayoq, yaʼni qurtlar gʻumbaklanish uchun tuproqqa tushmasidan oldinroq oʻrib olish. Biologik kurash tad-b i r l a r i : tuxumlariga qarshi 5—6 kun oralatib uch marta 60+80+60 ming dona/ga hisobida trixogramma tarqatish; qurtlariga qarshi 7—8 kun oralatib gabrobrakon xoʻjayin-parazitni 1:20; 1:10; 1:5 nisbatida qoʻllash.

Kimyoviy kurash: gʻoʻzaga insektitsidlar purkash.