OVAKLIK, togʻ jinslarining gʻovakligi — togʻ jinslari ichidagi boʻshliq (gʻovaklar, yoriq)lar yigʻindisi. Ularga suyuqtik va gazlar joylashadi. Shakliga koʻra gʻovaklar pufaksimon, kanalsimon, yoriqsimon, shoxsimon boʻladi. .ning umumiy, ochiq, yopiq turlari mavjud. Umumiy . togʻ jinslari ichidagi hamma gʻovaklar yigʻindisidir. O ch i q. . — oʻzaro tutashgan gʻovaklar hajmi. Yopiq . — oʻzaro tutash boʻlmagan, yopiq gʻovaklar yigʻindisidir. Neft geol.sida foydali va dinamik . farq qilinadi. Foydali . — suyuqlik sizilayotgan gʻovaklar yigʻindisi. D i -n a m i k . muayyan bosim va temperaturada toʻyintiradigan suyuqlik yoki gazlar oʻtadigan .lar hajmi, har doim umumiy .dan kichik boʻladi. . oʻlchami togʻ jinslarining moddiy tarkibi bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, balchiq. sof tuproqlarda 80% gacha; ch\;kindi togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, qumtoshlar)da 1% dan 35% gacha; vul-kanogen-choʻkindi togʻ jinslari (tuf-qumtoshlar, tuffitlar)da 5—20% chamasi, magmatik togʻ jinslarida 5% dan koʻp emas. Chuqurlik ortgan sari togʻ jinslari (ayniqsa. choʻkindi togʻ jinslari) .ligi, odatda, kamaya boradi va katta chuqurliklarda kam ahamiyatga ega. . togʻ jinslarining fizik xususiyatlari: mustahkamlik, siqilish imkoniya-ti, elektrik va boshqa para-metrlarini aniqlaydi. Paydo boʻlishiga koʻra birlamchi va ikkilamchi . farqlanadi. Birlamchi . choʻkindilarning toʻplanish sharoitiga bogʻliq, choʻkindi jinslarning hosil boʻlish jarayonida yuzaga keladi va asta-sekin kamayib boradi. Ikkilamchi . epigenetik jarayonlar taʼsirida jinslardan minerallarni eritib yoki zarra holida olib chiqilishidan paydo boʻlgan boʻshliqlar bilan bogʻliq. Karbonat jinslarning erishidan ikkilamchi . tarkib topadi, mas, karst hosil boʻlishi mumkin. Togʻ jinsi gʻovakliligi laboratoriyada turli tadqiqot usullaridan, qatlamlarning gidrodina-mik tadqiqotlaridan va kon geofi-zikasi usullaridan foydalanib aniqlanadi.