Gʻoya — inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va olamlarni maqsad sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy oʻzgartirish maqsadlari. u.targa erishish yoʻllari va vositalari mujassam boʻlali. Fatsafa tarixida Gʻ. turli maʼnolarda koʻllangan. Demokrit atomdarni. Pktyun modliy boʻlmagan, konkret karsa va hodi-salardan tashqarida boʻlgan ideat mohiyatni Gʻ. deb hisoblagan. Forobiy "fozil jamiyat", Navoiy "adolatli jamiyat" Gʻ.larini ilgari surganlar. 17 -18-asrlarda Gʻ. tushunchasi bilish pazariyasi bilan bogʻlab izohlangan. Shu asosda Gʻ.larning kelib chiqishi, bilishning gurli darajalari. shakllari bilan atoqasi. umuman bilish jarayonila tutgan oʻrni masalalari tahlil qilingan. Yangi davrda \\.Kant Gʻ.larni aqt tushunchalari sifashda asoslashga harakat qilgan. Fixte fikricha, Gʻ. "men" ning maqsadidan iborat. Gegel falsafasida Gʻ. taraqqiyot jarayonini oʻzila toʻla gavlapantiradigan mohpyat sifatida talqin etilgan.

Tajriba natijatarp Gʻ.da umumlapgadi va shu maʼnola bilim shakliga aylanadm. Gʻ. narsa va hodisalarning faqat mavjud xususiyatlarini emas, balki ularning rivojlanish tendensiyalarini. kelajakxagi holatlarini ham ifola etali. 1SH puqtai nazardan qaraganda, Gʻ. amaliyotga joriy qilsa boʻladigan bilimdan ibo-rat. Demak. Gʻ. bilish va amaliy faoliyat oʻrtasida faol bogʻlovchi hisoblapadi va u barcha yangi narsalarni yaratishning asosidir. Fanda esa Gʻ. mavjud bili.mlarni sintez qilish, umumlashtirish va qatʼiy tartibga solish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Bu, avvalo, har qanday taxminlar, tamoyillar va tasavvurlarni birlashtirib, yaxlit tizim holiga keltiradi va kashf etilayotgan qonunlar, ilmiy nazariyalarning oʻzagini tashkil etadi.

Gʻ. falsafiy tafakkur doirasida xilma-xil maʼnolarda talqin etilgan tushunchalardan biridir. Bugungi kunda falsafiy tafakkur erishgan natijalarga tayanib, Gʻ.ning mohiya-ti, gnoseologik maqomi toʻgʻrisida muayyan umumiy xulosalarga kelingan.

Ilmiy fakt, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish, ilmiy bilishning oʻziga xos shakli, yangi bilim va paradigma (sistema) sifatida chiqadigan Gʻ.da voqelik bundan keyin qay yoʻnalishda oʻrganilishi zarurligi haqidagi koʻrsatma, maqsad botiniy tarzda mujassamlashgan boʻladi va shu tufayli u ulkan yoʻnaltiruvchilik rolini oʻtaydi. Ilmiy Gʻ.ga xos boʻlgan xususiyatlar qarab chiqilganda Gʻ.ning tarixiy taraqqiyotdagi oʻrni yanada oy-dinlashadi. Har qanday Gʻ. kabi ilmiy Gʻ. ham ulkan yoʻnaltiruvchilik rolini oʻtaydi. Mas. atomlarning mavjudligi haqidagi Gʻ. asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni topish, xususiyatlarini tadqiq etish, dunyoning tuzilishidagi oʻrnini aniqlashga yoʻnaltirib keldi. Natijada atom kashf qilindi. Bu kashfiyot olamning tuzilishi toʻgʻrisidagi tasavvurlarning butunlay oʻzgarishiga olib keldi. Ammo ilm-fan taraqqiyotida salbiy iz qoldirgan gʻayriilmiy Gʻ.lar ham boʻlgan. Mas, oʻz davrida kibernetika va genetikaning "soxta fan"ligini asoslashga qaratilgan Gʻ.ning ustuvor boʻlgani bu fanlar rivojini bir necha yilga orqaga surib yubordi. Ilmiy Gʻ.lar taraqqiyot omiliga aylanishi uchun maʼlum shartsharo-it boʻlishi kerak, yaʼni jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor boʻlishi hamda uni tekshirib koʻrish, tasdiqlash yoki inkor etish imkoniyati — qurollar, vositalar. moliyaviy resurslarga ega boʻlishi lozim. Aks holda u maʼlum madaniy-maʼrifiy hodisa sifatida qolib ketadi. Gʻ.ning voqelikka mos kelishi muhimdir.

Ijtimoiy Gʻ. ilmiy Gʻ.dan farq qilib, odamlarni uyushtiruvchilik xususiyatiga ham ega, shu bilan birga u jamiyat hayotiga bevosita taʼsir oʻtkaza oladi. Bunda Gʻ. ijobiy yoki salbiy rol oʻynashi mumkin. Oʻzbekistonda mustaqillik davrida milliy istiqlol Gʻ.si konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Gʻ. niyat, reja maʼnolarini ham anglatadi.

Qiyom Nazarov.