Gʻulom Musayev
Gʻulom Musayev (1900-yil)da tugʻilgan – oʻzbekistonlik shoir hamda tujjor.
Gʻulom Musayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1900-yil Toshkent |
Vafoti | 1933-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Hayoti va mehnat faoliyati
tahrirGʻulom Musayev 1900-yilda Toshkent shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. Dastlab eski usuldagi maktab va madrasada oʻqigan va mudarris Fazlullo qoridan xususiy ravishda tahsil olgan. Bolalikdan mumtoz uslubda sheʼr yozishni mashq qilib kamolga yetgan. Qolaversa u xattotlik bilan ham shugʻullangan. Keyinchalik oila roʻzgʻor yukini yengillatish maqsadida toshkentlik tujjor Vali Muhammadga yoniga ishga tushadi. Uning topshirigʻiga koʻra 1914—1918-yillarda savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullangan hamda qarzdorlardan pul undurish vazifasini bajargan. 1919-yilda Vali Muhammad bilan Afgʻonistonga borib savdo ishlarini rivojlantirishda ishtirok etib, Toshkentga qaytib kelgan.
Hunarni yetarlicha egallagach Toshkentda oʻz baqqolchilik doʻkonini ochib, savdo ishlari bilan mashgʻul boʻlgan. Boʻsh vaqtlarida esa xattotlik va sheʼriyat bilan shugʻullangan. Uning 1919—1926-yillarda Namanganlik Muhibillaxonga ismli kishiga atab yozgan „Mavlaviy Namanganlik“ sheʼrlari mumtoz sheʼriyat uslubida yozilgan hamda bu muallifning yetuk shoirligidan nishonadir.
Hukumat tomonidan xususiy savdo-sotiq ishlari toʻxtatilgach, oʻz yerida dehqonchilik va bogʻbonchilik bilan shugʻullanib oila roʻzgʻorini tebratgan. Yeri tortib olinib, oʻzi quloq qilinish ostonasida turgan paytda Afgoniston elchixonasidan yordam soʻraydi va hukumat qarori bilan ish bekor qilinadi.
Ayblov
tahrir1927-yilda Gʻ.Q.Musayev OGPU tomonidan chet el josusi deb topilib qamoqqa olinadi, ammo aybi isbotini topmagach, koʻp oʻtmay ozodlikka chiqariladi. Gʻulom Musayev mavjud siyosiy sharoit bilan kelisha olmaganligi sababli 1932-yil 5-yanvarda Afgʻonistonga chiqib ketish uchun elchixonaga murojaat qilgan, ammo ruxsat ololmagan. 1932-yil 29-dekabrda PPOGPU tomonidan Jinoyat Kodeksining 58-moddasi 2-bandi bilan ayblanib qamoqqa olingan. Soʻngra 1933-yil 20-mayda OGPU uchligi majlisi qarori bilan 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan.
Sobiq SSSR Oliy Soveti Harbiy tribunalining 1989-yil, 16-yanvar qarori bilan oqlangan. Afsuski, shoir sheʼrlari topilmagan, taqdiri ham nomaʼlum[1].
Manba
tahrir- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.