Gʻulomlar
Gʻulomlar (arab. — bola, yigit, qul) — 1) oʻrta asrlarda musulmon mamlakatlaridagi qullar; 2) Abbosiylar xalifaligida xalifa Maʼmun davri (813—833) da chet ellardan sotib olingan yosh qullar (asosan, turklar)dan tuzilgan otliq gvardiya (qarang Mamluklar); 3) oʻrta asrlarda Usmonli turk imperiyalist zodagonlar koʻngilli qoʻshinining askarlari; 4) Dehli sultonligida turk qul navkarlari hamda ular orasidan chiqqan Dehli sultonlari (1206-90).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |